“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 21:27
ЎЗO‘Z

Artel va General Motors hamkorlik haqida shartnoma imzoladi

10 apr, 09:51 7 532 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Artel va General Motors hamkorlik haqida shartnoma imzoladi Joriy yilning mart oyi boshida Artel va General Motors kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik haqida shartnoma imzolandi. Bu bitimga ko‘ra, General Mobile Android One telefonlarining 1 000 ta modeli Rossiyaga promo-aksiya amalga oshirish uchun etkazib berildi, unga ko‘ra, Ravon avtomobilini xarid qilgan har bir inson General Mobile Android One telefonini sovg‘a sifatida oladi. Ushbu aksiya Ravon avtomobillarining Rossiyadagi savdosini rag‘batlashtirishga mo‘ljallangan. General Motors kompaniyasi joriy yilning oxiriga qadar yana 50 000 ta General Mobile Android One telefonini xarid qilishni rejalashtirgan, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

Artel savdo belgisi mobil telefonlarining tanlanishi tasodifan emas. Rossiyadagi yirik tadqiqot laboratoriyalaridan birida turli brendlar telefonlari texnik talablari qator sinovlardan o‘tkazildi. Bu sinovlar davomida General Mobile Android One telefoni Rossiya iste’molchilar bozori texnik talablariga mos kelishi tasdiqlandi va boshqa nomzodlar orasidan tanlab olindi.

Loyiha doirasida General Mobile Android One telefoni uchun maxsus ilova ishlab chiqildi, u haydovchining o‘z avtomobili bilan samarali “muloqoti”ni yo‘lga qo‘yishga mo‘ljallangan. Masalan, ilovada haydovchi uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumot bo‘ladi, ular orasida Ravon servis markazlari manzillari va telefon raqamlari ham bor. Ilova shuningdek, haydovchini moyni o‘zgartirish kerakligi yoki texnik ko‘rikdan o‘tish muddati yaqinlashayotgani haqida ham xabardor etishi mumkin.

Ushbu loyiha tajribaviy bo‘lib, Rossiyada muvaffaqiyatli amalga oshsa, Ravon avtomobillari eksport qilinadigan boshqa mamlakatlar, jumladan, Qozog‘iston, Ukraina va Ozarboyjonda ham shunday taklif amalga tatbiq etilishi mumkin.

Bunday o‘zaro manfaatli hamkorlik har ikki eksportchi kompaniya uchun qiziqdir. Bundan tashqari, bunday turdagi loyihalar har ikki ishlab chiqaruvchi mahsulotini yanada ommalashtirish imkonini beradi. Bu esa O‘zbekiston eksport salohiyatiga ijobiy tarzda ta’sir ko‘rsatadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 143
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 0
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 0
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 4
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • Bo‘limlar