“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:22
ЎЗO‘Z

Tarmoqda iPhone 8’ning yangi suratlari tarqaldi

09 apr, 17:26 6 500 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tarmoqda iPhone 8’ning yangi suratlari tarqaldi Insayderlar internet tarmog‘ida iPhone 8 flagman smartfonining ilk sxematik-chizmali suratini tarqatishdi. Kutilganidek, yangi ayfon old panelidagi Home bosh tugmasi endi mavjud emas. Biometrik modul esa old panelda ham, orqa panelda ham yo‘q. Demak, barmoq izlari skaneri uchun displey panelida virtual tugma o‘rnatiladi, degan gaplarda jon bor, deb yozadi Terabayt saytiga tayanib "Sof.uz" nashri.

iPhone 8 ekranining yuqori qismida 2 ta kamera modullari mavjud. Ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan biri 3D-kamera bo‘lib, bu lazerli sensor qiyofani tekshiruvdan o‘tkazadi, yoki u ko‘zning rangdor pardasi uchun o‘rnatilgan skaner bo‘lishi ham mumkin. 3D-kamera surat olinganidan so‘ng ham, tasvirning fokus, ya’ni bosh nuqtasini belgilash va ob’ektlarning o‘ziga alohida ishlov berish imkonini beradi. Misol uchun, tasvirdagi ob’ektning yoki inson tanasini 180 gradusga o‘zgartirish, boshqa virtual effektlar qo‘shish mumkin bo‘ladi.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 8 mobil telefoniga 5,8 dyuymli OLED-displey o‘rnatiladi va uning orqa paneli shishadan tayyorlanadi. Gadjetning chizmali suratida ham 2 ta — vertikal holatda joylashgan kamera modullarini ko‘rish mumkin. Smartfonning tom qismida 2 ta mikrofon, quyi qismida – dinamik hamda USB-C porti mavjud.

Bu chizmada chindan ham yangi ayfon tasvirlangan bo‘lsa, aytish mumkinki, iPhone 8 dizayniga ko‘ra, avvalgi ayfonlardan tubdan farq qiladi.

Ayfonning «yubiley smartfoni» bo‘lgan iPhone 8 taqdimoti kelayotgan sentyabr oyida kutilmoqda. Ammo, o‘ta ilg‘or texnologiyani yaratish uchun vaqt talab qilinadi. Ba’zi ekspertlar displey va kamera etkazib beruvchilar Apple’ning buyurtmasini o‘z vaqtida bajara olmasligini, shu sababli keyingi ayfon taqdimoti 1-2 oyga kechikishi mumkinligini aytishmoqda. Shuningdek, iPhone 8 bilan birga, iPhone 7s hamda iPhone 7s Plus modellari ham namoyish qilinadi. Ular ko‘rinishidan avvalgi ayfonni eslatsa ham, bir qator yangi texnologiyalarga ega bo‘ladilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 86
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar