“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 05:09
ЎЗO‘Z

CLICK: Har bir savdo do‘koni uchun virtual terminal!

03 mar, 12:28 8 406 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
CLICK: Har bir savdo do‘koni uchun virtual terminal! CLICK kompaniyasi barcha tadbirkor va savdo nuqtalarining egalariga plastik kartalardan to‘lovlarni qabul qiluvchi virtual terminallarni ulatishning yangi imkoniyati haqida xabar qildi.

CLICK kompaniyasi taqdim qilayotgan Indoor-to‘lovlar echimi istalgan savdo do‘koni va xizmat ko‘rsatish nuqtasida qisqa vaqt ichida joriy qilinishi mumkin va bankdan real savdo terminalini olmasdan turib mijozlarning plastik kartalaridan to‘lovlarni qabul qilish imkonini ochib bermoqda.

Ushbu echim yordamida har bir chakana savdo nuqtasi uchun oddiy terminallarning to‘lov funksionalidan qolishmaydigan, akchincha bir qator afzalliklarga ega virtual terminal ochiladi. Shunday savdo nuqtalarning mijozlari to‘lovlarni bevosita o‘z mobil telefonlari orqali amalga oshirishlari mumkin, va mablag‘lar shu zahoti sotuvchiga SMS bilan birga kelib tushadi. Bunda to‘lovni amalga oshirishda internetga ulanish talab qilinmaydi va to‘lovlar elektr energiyasi bo‘lmagan paytda ham bajarilishi mumkin.

Mijozlar va sotuvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida operasiyalarni turli uslublarda bajarish imkoniyatlari yaratilgan: USSD-menyu orqali, qisqa USSD-so‘rov yordamida (*880*sotuvchining_kodi*summa#), mobil ilova orqali va shu bilan birga kassir yoki sotuvchi tomonidan hisob chiqarish uslubida. To‘lovlarni yanada operativ tarzda amalga oshirish uchun har bir savdo do‘koniga QR-kodi taqdim qilinmoqda. Ushbu QR-kod smartfon orqali munosib ilovalardan biri yoki yangilanayotgan va yaqin vaqt ichida taqdim qilinadigan CLICK mobil ilovasi orqali o‘qilishi mumkin.

Yuqorida aytib o‘tilgan Indoor-to‘lovlar imkoniyatini ulatish uchun tadbirkorlar o‘zlarining xizmat banklariga yoki CLICK tizimi bilan hamkorlik qilayotgan istalgan bankka murojaat qilishlari zarur. Bankda ro‘yxatdan o‘tayotganda tadbirkorlarga va savdo do‘konlarining egalariga to‘lovlarni qabul qilish uchun unikal kod belgilanib, QR-kod taqdim etiladi.

“Indoor-to‘lovlar O‘zbekistonimiz uchun yangi bir yo‘nalish va bizning taklifimiz bir qator afzalliklarni kiritib kelmoqda: an’anaviy to‘lovlarga qaraganda ushbu to‘lovlar ancha tezroq o‘tadi, kartalarining PIN-kodlarini birovlarga e’lon qilishning keragi qolmaydi, va, shu bilan birga, plastik karta yoningizda bo‘lmagan taqdirda ham xaridlaringiz uchun to‘lovlarni amalga oshirishga imkoniyati ochilmoqda”, - deb ta’kidladi CLICK kompaniyasining Bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 151
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar