“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 10:30
ЎЗO‘Z

Toshkentda navigatorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

20 мая, 11:03 8 289 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda navigatorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi Toshkentda 19 may kuni VIII Respublika innovasion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Muntazam ravishda o‘tkaziladigan yarmarka fan va ishlab chiqarish o‘rtasida kooperasion aloqalarni ta’minlash bo‘yicha amaliy mexanizmga aylanib ulgurdi. Bu yarmarka 8 yil davomida innovasion jarayonning ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlovchi o‘zaro hamkorlikning barcha darajalarini o‘zida mujassam etgan holda fan, ta’lim, ishlab chiqarish va biznesni samarali birlashtirishga imkoniyat yaratib kelmoqda, deb yozadi Kun.uz.

VIII Respublika innovasion g‘oyalar, texnologiya va loyihalar yarmarkasida innovasion ishlanmalar ekspozisiyasi quyidagi yo‘shnalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi: ishlab chiqarish, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash va farmasevtika, qishloq xo‘jaligi, fan va ta’lim, yuqori texnologiyalar.

Yarmarka doirasida “O‘zavtosanoat” AJ stendida O‘zbekiston avtomobilsozlik sohasida faoliyat yurituvchi 15 korxona tomonidan taqdim qilingan innovasion ishlanmalar va yangi texnologiyalardan qaysi sohalarda foydalanish mumkinligi namoyish etildi. Bu ishlanmalar orasida zaharli chiqindilarni utillashtirish texnologiyasi, energiya resurslarini (suv, siqilgan havo, yonilg‘i) me’yorlashtirishning ilmiy asoslangan metodlari va ularni tejash bo‘yicha texnik-tashkiliy tadbirlar bor.

Toshkentdagi Turin politexnika universitetining stendida yo‘ldoshli navigasiya tizimi namoyish etildi. Ushbu tizimni ta’lim muassasasida biznes inkubator loyihasi doirasida takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Yaqin orada universitet hududida tashkil etilgan ishlab chiqarish firmasi ushbu navigatorlarni o‘rnatishni boshlaydi, keyinchalik esa ularni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Yarmarka davomida 600 ga yaqin innovasion g‘oyalar va ishlanmalar namoyish etilishi rejalashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 130
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 224
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 97
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 57
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 505
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • Bo‘limlar