“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:32
ЎЗO‘Z

Britaniya temir yo‘llari yuqori texnologiyalar yordamida kuchaytiriladi

11 fev, 13:12 5 857 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Britaniya temir yo‘llari yuqori texnologiyalar yordamida kuchaytiriladi Insoniyat qachongacha fazoga parvoz qilish bilan kun kechiradi, axir erdagi transport vositalarini ham unutmaslik darkor. Masalan, temir yo‘llar haqida qayg‘urish lozim. Buyuk Britaniyaning temir yo‘l kompaniyalari assosiasiyasi Rail Delivery Group rahbariyati, ushbu soha yuqori darajada texnologik bo‘lishi kerak va bu borada muhim o‘zgarishlarni amalga oshirish lozim, degan to‘xtamga keldi. Poezd – albatta, fazoviy kema emas, ammo bu yo‘lovchilarga qator qulayliklarni taqdim etmaslikka bahona bo‘la olmaydi, deb yozadi Kun nashri.

Birinchi o‘zgarish chiptalar tizimida o‘tkaziladi. An’anaviy qog‘ozli chiptalarni elektron namunalarga almashtirish rejalashtirilgan. Ularni Bluetooth va maxsus ilova yordamida aniqlash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, elektron chiptalarni yo‘lovchilarning biometrik pasportlari ko‘rsatkichlariga kiritib qo‘yish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda. Poezdlarning barchasi simsiz tarmoqlar vositasida yagona tizimga birlashadi. Bu esa, ularning o‘zaro manziliga doir ma’lumotlarni ulashish imkonini beradi.

O‘zgarishlar nafaqat temir yo‘llarning elektron jihatiga qaratiladi. Qulaylik va samaradorlik xususida ham hech kim unutgani yo‘q. O‘rindiqlarning yangi namunasi ularning sonini 20-30 foizga oshiradi. Shu bilan birga, tig‘iz vaqtlarda tiqilinchlarning oldini olish uchun 20 foiz vagon hududini bo‘shatadi. Agar assosiasiya tomonidan taqdim qilingan loyiha hayotga tatbiq etilsa, yaqin kelajakda Britaniya poezdlarida ko‘zni skan qilish yoki barmoq izini olish bilan chiptalarni tekshirayotganiga guvoh bo‘lsak ajab emas.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 151
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 297
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar