“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 18:13
ЎЗO‘Z

Google yangi Android Wear 2.0 dasturini ishlab chiqdi va LG «aqlli» soatini taqdim etdi

09 fev, 18:01 7 331 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Google yangi Android Wear 2.0 dasturini ishlab chiqdi va LG «aqlli» soatini taqdim etdi Google kompaniyasi aqlli soatlar uchun o‘zining dasturiy ta’minoti — Android Wear’ning yangi namunasi Android Wear 2.0 dasturini havola qildi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida kompaniya LG kompaniyasi ishlab chiqqan ikkita soatni ham taqdim etgan. Ular yangi dastur negizida ishlaydi, deb xabar berdi Kun nashri.

Android Wear 2.0 dasturida siferblatlarni sozlash imkoni paydo bo‘lgan. Uning vositasida kerakli funksiyalarni asosiy oynaga chiqarish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, tizim siferblatlarni tezda almashtirish imkonini beradi.

Google Fit ilovasida harorat, masofa, sarflangan kaloriya hamda soatda puls o‘lchagich bo‘lsa, piyoda yurish, yugurish yoki velosipedda sayr qilish chog‘ida pulsni nazorat qilish mumkin. Shu qatorda o‘tirib-turish, gantel va shtangani takroriy ko‘tarishlar sonini sanashlarni ham ilovaning o‘zi bajaradi.

Android Wear 2.0 dasturida ilovani bevosita soatning o‘ziga yuklash imkoni mavjud. Shu bilan ular telefonsiz ham ishlashi mumkin, ya’ni soatda mobil modul bo‘lsa kifoya, bevosita soatning o‘zidan ham qo‘ng‘iroq qilsa bo‘ladi.

Foydalanuvchilar soat ekranidagi klaviatura yordamida matnli xabarlarga javob bera olishadi. Google, shuningdek, Google Assistant ovozli yordamchini ham kiritgan.

Google yangi dasturiy ta’minoti bilan birga LG Watch Style va LG Watch Sport soatlarini ham namoyish qildi. Sport modeli Style namunasidan to‘lovlar uchun NFC-chip mavjudligi, GPS-navigatori borligi, puls o‘lchagich va mobil aloqa moduli borligi bilan farqlanadi.

LG Watch Style (o‘ngdan yuqorida) va LG Watch Sport (chapdan pastda)

Google kompaniyasi Android Wear 2.0 tizimini yaqin haftalarda Android tizimida ishlaydigan aksariyat «aqlli» soatlarga tarqatishga va’da bermoqda. LG soatlari esa AQSh, Kanada, Saudiya Arabistoni, JAR, Janubiy Koreya, Rossiya, Tayvan va BAAda paydo bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 75
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 105
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 155
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 299
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 61
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 0
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 49
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 107
  • Bo‘limlar