“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:05
ЎЗO‘Z

Lenovo 8 fevraldan hamyonbop noutbuk-transformeri sotuvlarini yo‘lga qo‘yadi

07 fev, 23:31 6 500 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lenovo 8 fevraldan hamyonbop noutbuk-transformeri sotuvlarini yo‘lga qo‘yadi Lenovo Android'da ishlovchi Yoga A12 byudjet noutbuk-transformerini namoyish qildi. Bu katta muhokamaga sabab bo‘lgan Yoga Book'ning xuddi o‘zi, faqat arzonroq va Windows'siz. Bu haqda "Layfxaker"ga asoslanib "Kun" nashri xabar berdi.

2017 yilda Lenovo kompaniyasi barchani ajoyib Yoga Book bilan hayratga soldi. Qurilma noodatiy konstruksiyasi, materiallarning yuqori sifati va bir vaqtning o‘zida ham planshet, ham noutbuk vazifasini bajarishi bilan barchaga ma’qul keladi. Biroq Yoga Book'ning narxi aksariyat xaridorlar uchun haddan ziyod qimmatlik qildi.

Yangi Yoga A12 modeli — o‘tgan yilgi xitning byudjet modifikasiyasi. U faqat Android boshqaruvda ishlaydi. Qurilma bahosi - atigi 299 dollar.

Lenovo Yoga A12 noutbuki 12,2-dyuymli moslashuvchan displey va stilus bilan ishlash imkonidan mahrum bo‘lgan sensor klaviatura bilan ta’minlangan. Qopqoqning buklanish mexanizmida o‘zgarishlar bo‘ldi, lekin shunday bo‘lsa-da, avvalgidek 360 darajaga qayirish imkonini beradi. Bu Yoga A12'ni ham noutbuk, ham planshet sifatida qo‘llashga imkon yaratadi.

Noutbuk korpusi qalinligi - atigi 10,9 millimetr, u 2 Gb operativ va 32 Gb flesh-xotiraga ega. Gadjetda microSD xotira kartasiga mo‘ljallangan maxsus o‘yma mavjud. Bundan tashqari u Wi-Fi, Bluetooth, USB 3.0 Type-C bilan ta’minlangan.

Lenovo Yoga A12 qurilmasi 8 fevraldan sotuvga chiqa boshlaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 151
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar