“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 06:35
ЎЗO‘Z

Google kompaniyasi Chrome uchun parolning o‘g‘irlangani haqida xabardor qiluvchi kengaytma chiqardi

05 мая, 00:05 6 668 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Google kompaniyasi Chrome uchun parolning o‘g‘irlangani haqida xabardor qiluvchi kengaytma chiqardi Google kompaniyasi Chrome brauzeri uchun foydalanuvchinining paroli fishing oqibatida o‘g‘irlangan taqdirda uni bu haqda xabardor qiluvchi kengaytma chiqardi. Bu haqda The Verge'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

“Password Alert” deb nomlanuvchi bu kengaytmaning ta’rifida foydalanuvchi o‘zining Google xizmatlari uchun parolini accounts.google.com domenidagi sahifadan boshqa bir joyda kiritmoqchi bo‘lgan har bir vaziyatda unga xabar yuborilishi aytilgan.

Bundan tashqari, dastur tashrif buyurilgan sahifalarning HTML-kodini tahlil qilib, ular Google’dan ro‘yxatdan o‘tish shakli ostida ishlashga harakat qilayotganini aniqlashga harakat qiladi.

Google’da foydalanuvchining paroli saqlanmasligini aytishmoqda. Google akkauntida avtorizasiya kengaytmasi o‘rnatilgan lahzadan boshlab dastur parol “piktogrammasi”ni yaratadi va har gal bu piktogrammani foydalanuvchi boshqa istalgan saytda kiritmoqchi bo‘lgan parol bilan solishtiradi.

Foydalanuvchilar bu kengaytma haqida bildirgan fikrlarida u haqiqatda ishlashini aytmoqda.

The Verge’ning ta’kidlashicha, dasturning muammosi shundaki, foydalanuvchi fishing shaklda ro‘yxatdan o‘tishga harakat qilgandan keyin o‘z parolini yovuz niyatli kimsalar qo‘liga topshirib qo‘ygandan keyingina parolning o‘g‘irlangani haqida xabar beradi. Aks holda dastur barcha bosilgan tugmalarni kuzatuvchi klaviatura josusi sifatida ishlagan bo‘lardi, bu esa xavfsizlik uchun yanada ko‘proq xatar solgan bo‘lardi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 139
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 292
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 52
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 524
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 0
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 185
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 72
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 75
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 111
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 52
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 328
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 86
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 156
  • Bo‘limlar