“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:11
ЎЗO‘Z

Amazon xodimlar sonini qisqartirmay 15 ming robotni ishga tushirdi

05 fev, 16:24 6 029 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amazon xodimlar sonini qisqartirmay 15 ming robotni ishga tushirdi Internet orqali tovar va xizmatlarni sotish bilan shug‘ullanuvchi dunyodagi eng yirik kompaniya bir yilda 15 000 robotni ishga jalb qildi. Shunisi qiziqki, bu jarayonda ishchi xodimlar shtati qisqarish o‘rniga aksincha, 50 foizga oshdi. Bu haqda "The Quartz"ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Amazon kompaniyasida jami 45 000 robot faoliyat yuritadi, biroq ular hozircha odamlar o‘rnini bosa olmadi. Shu bois kompaniya o‘z xodimlarini iste’foga chiqarmayapti, buning o‘rniga ishchi o‘rinlarni ko‘paytirishda davom etmoqda. Bugungi kunga kelib u erda 341 000 mutaxassis xizmat ko‘rsatadi.

Amazon 2012 yilda Kiva startapidan keyin o‘z faoliyatida robotlardan foydalana boshladi. O‘shandan buyon kompaniya shtati qisqarmagan, aksincha, yiliga 30-50 foizga o‘sgan.

Kiva robotlari kompaniya omborlaridagi tovarlar joylangan shkaflarni tashish bilan shug‘ullanadi. Bu esa tovar etkazib berish qiymatini sezilarli darajada kamaytirdi.

The Quartz taxminiga ko‘ra, etkazib berish qiymatining pasayishi tufayli unga bo‘lgan talab ortgan. Buning natijasida, tabiiyki, omborda ishlash uchun yangi ishchilarni yollashga to‘g‘ri keladi.

"Mehnat bozorida insonlar o‘rnini robotlar egallaydimi?" degan savolga ekspertlar aniq javob berishmaydi.

"Sun’iy intellekt ketidan kelishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar (xususan sanoat sektoriga) ishchi o‘rinlarning qisqarishiga olib keladi. Shu munosabat bilan biz ishsiz qolganlar uchun barqaror minimal daromadni kafolatlovchi tizimni yaratish haqida o‘ylashimiz zarur".

Satosi Sirato, Mitsubishi yapon tadqiqot instituti xodimi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 140
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 294
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 527
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar