“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:46
ЎЗO‘Z

Google, eBay va AliExpress rossiyaliklarning ma’lumotlarini mamlakat ichkarisida saqlashga rozi bo‘ldi

21 apr, 00:04 6 284 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Google, eBay va AliExpress rossiyaliklarning ma’lumotlarini mamlakat ichkarisida saqlashga rozi bo‘ldi AQShning Google va eBay hamda Xitoyning AliExpress savdo maydonchasi rossiyaliklar haqida shaxsiy ma’lumotlarni Rossiyada hududida joylashgan serverlarda saqlaydi. Bu haqda Roskomnadzor rahbari Aleksandr Jarov tashkilotning 20 aprelda o‘tgan hay’at majlisida aytib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz.

Jarov Roskomnadzor vakillari bu masala bo‘yicha ushbu biznes vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazganlarini ta’kidlab o‘tdi. “Natijada Rossiya qonunchiligining talablarini eBay va AliExpress kabi kompaniyalar bajarishga rozi bo‘ldilar. Mening bilishimcha, Google ham bu talablarga rioya qilishni mo‘ljallamoqda”, deb aytdi Jarov.

Bundan tashqari, sentyabrdan amal qiladigan yangi qonunni bajarish doirasida Rossiyada shaxsiy ma’lumotlar sub’ektlarining huquqlari qoidabuzarlari ro‘yxatini tuzish rejalashtirilmoqda. Roskomnadzor rahbarining buyrug‘iga binoan, ro‘yxatni tuzish bu yilning 15 avgustigacha o‘z nihoyasiga etkazilishi kerak.

2014 yilning iyulida Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi va “Axborot, axborot texnologiyalari va axborotni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritilishini tasdiqladi. 2015 yilning 1 sentyabridan kuchga kiradigan bu tuzatishlar Rossiyada biznes bilan shug‘ullanuvchi internet-kompaniyalarga Rossiya fuqarolari haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni Rossiya hududida joylashgan serverlarda saqlash majburiyatini yuklaydi. Roskomnadzor aloqa operatorlaridan shaxsiy ma’lumotlarning mamlakat ichkarisida saqlanishiga kafolat bermaydigan internet-resurslarga kirishni cheklashni talab qilish vakolatini oldi.

AQShning Google va eBay hamda Xitoyning AliExpress savdo maydonchasi rossiyaliklar haqida shaxsiy ma’lumotlarni Rossiyada hududida joylashgan serverlarda saqlaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 151
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar