“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 07:17
ЎЗO‘Z

Apple’ning eng taniqli dasturchilaridan biri Tesla’ga o‘tmoqda

11 yanv, 11:15 6 503 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Apple’ning eng taniqli dasturchilaridan biri Tesla’ga o‘tmoqda Apple korporasiyasining eng tajribali dasturchilaridan biri - Kris Lettner - Tesla Motors kompaniyasiga o‘tmoqda. U yangi avtopilot tizimini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi, deyiladi Tesla saytida taqdim etilgan xabarda.

"Biz Kris Lettner kelganidan xursandmiz. U Tesla’da avtopilotga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot bo‘yicha vise-prezident bo‘ladi", - ta’kidlanadi xabarda. Unda aytilishicha, Lettner Apple’da taxminan 11 yil ishlab, Swift dasturlash tilini yaratishda katta o‘rin tutdi va yuqori malakali mutaxassis sifatida nom qozongan. Tesla Lettner inson ishtirokisiz harakatlana oluvchi avtomobillarni yaratishda yordam berishiga umid bildirmoqda.

Avvalroq Tesla’da avtopilot ishlab chiqish bo‘limida faqatgina vaqtinchalik rahbar bor edi. Bu lavozimni Jinna Hussayn egallab turgan bo‘lib, u SpaceX kompaniyasida dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda boshchilik qilgan. Tesla’ga, huddi SpaceX kabi amerikalik ishbilarmon Ilon Mask rahbarlik qiladi. Reuters agentligining ta’kidlashicha, Lettner Apple rahbariyatini kompaniyani tark etishi haqida xabardor qilgan.

Ma’lumot uchun, Tesla 2016 yilning oktyabrida o‘zi tomonidan chiqariluvchi avtomobillarni avtopilotning butunlay avtonom ishlashiga ko‘mak beruvchi yangi tizimlar bilan jihozlash niyatida ekanini ma’lum qilgandi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

O‘shanda yangi tizimlar “avtomobilda 250 metr masofaga qadar 360 darajali ko‘rish imkonini beruvchi sakkizta kamera va 12ta yaxshilangan ultratovush datchiklari” bilan jihozlanishi aytilgan. Ular “yo‘lda qattiq va yengil ob’ektlarni avvalgidan ikki bora ko‘proq aniqlash imkonini beradi”. Bundan tashqari, Tesla mashinalari ma’lumotlarni qayta ishlovchi yaxshilangan funksiyali radarga ham ega bo‘ladi.

AQShda esa so‘nggi oylarda Tesla avtomobillarida avtopilotni qo‘llash bilan bog‘liq bir necha halokatlar ro‘y berganini ta’kidlab o‘tish joiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 95
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 1
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 7
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 215
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 66
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 119
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Bo‘limlar