“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:09
ЎЗO‘Z

Putinning internet bo‘yicha maslahatchisi Rossiya jahon tarmog‘idan uzilishi mumkinligini aytdi

30 dek, 23:12 6 230 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putinning internet bo‘yicha maslahatchisi Rossiya jahon tarmog‘idan uzilishi mumkinligini aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning internet bo‘yicha maslahatchisi German Klimenko RT telekanaliga bergan intervyusida mamlakat jahon internetidan uzilishga tayyor turishi lozimligini bildirdi. Uning fikricha, Rossiya va G‘arb davlatlari munosabatlarining buzilishi shunday oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb xabar beradi Daryo.uz.

Klimenko 2016 yil noyabrida Rossiya aloqa vazirligi runetning nazorati bo‘yicha qonun loyihasini e’lon qilganini eslatib o‘tdi.

«Masalan, xakerlar tijorat banklari strukturasiga kirib, pul o‘g‘irlashi mumkin. Bu yomon, lekin agar ular Markaziy bank tizimlariga kirsa, bu katta fojia bo‘ladi. G‘arblik hamkorlarimiz Qrimni Google va Microsoft servislaridan uzib qo‘ydi. Qrimda turuvchi domenlar egalari ham topganlarini yo‘qotdi», — dedi Klimenko.

Bundan tashqari, mutaxassis 2017 yilda Rossiya va G‘arbning munosabatlarida yomon tomonga «tektonik» o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Shuning uchun hukumat oldida internetning Rossiya segmentini himoya qilish vazifasi turibdi.

«Rossiyada elektron pochta, telegraf, telefon, ijtimoiy tarmoqlar ishlashda davom etishi muhim. O‘ta muhim infrastruktura, shu jumladan, domen zonasi nusxasi bizning hududda joylashishi lozim, hech kim uni o‘chirib qo‘ya olmasligi uchun», — ta’kidladi Klimenko.

So‘zining yakunida maslahatchi ota-onalarga 2017 yilda farzandlarini yurisprudensiya yoki iqtisodiyot emas, dasturchilikka o‘qitishni tavsiya qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 98
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar