“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 23:25
ЎЗO‘Z

Apple mahsulotlari yana bir mamlakatda ishlab chiqarila boshlaydi

30 dek, 17:09 6 866 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Apple mahsulotlari yana bir mamlakatda ishlab chiqarila boshlaydi Amerikaning Apple kompaniyasi 2017 yilning aprelidan Hindistonning Bangalor shahrida ham o‘z mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.

Apple mahsulotlarini yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi Tayvanning Wistron kompaniyasi Bangalor sharqidagi sanoat xabida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

Manbaga ko‘ra, ishlab chiqarish operasiyalari aprel oyidan boshlanadi, 2017 yilning oxiriga borib esa, to‘liq qamrovli ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Apple'ning Hindistondagi bozorga qiziqishi boshqa mamlakatlar bozorlaridagi tanazzul fonida bu mamlakatdagi sotuvlarning ijobiy dinamikasi bilan izohlanadi.

Counterpoint Technology Market Research ma’lumotlariga ko‘ra, Apple 2015 yil oktyabridan 2016 yilning sentyabriga qadar 2,5 million iPhone smartfonlarini sotgan. Bu yillik hisobda 50 foizga o‘sishni bildiradi. Biroq Apple'ning hind bozoridagi ulushi juda kam. Strategy Analytics kompaniyasining avgust oyida o‘tkazgan tadqiqoti Apple iOS operasion tizimining ulushi joriy yilning ikkinchi choragida atigi 2,4 foizni tashkil qilganini ko‘rsatdi. Shuningdek manbada Hindistonning smartfon bozori kelasi yilda Amerika bozorini ortda qoldirib, dunyo miqyosida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishi kutilayotgani ta’kidlangan.

Joriy yilning may oyida Apple rahbari Tim Kuk Hindistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida 2017 yilning boshida Bangalorda loyihalashtirish va ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlovchi markaz ochish rejalari haqida ma’lum qilingan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 115
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 210
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 93
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 56
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 502
  • So'nggi yangiliklar
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 0
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 0
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 63
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 124
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Bo‘limlar