“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:43
ЎЗO‘Z

Rustam Azimov Tojikiston prezidenti bilan muhim masalalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

27 dek, 21:08 6 959 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rustam Azimov Tojikiston prezidenti bilan muhim masalalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari, Tojikiston va O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya hamraisi Rustam Azimov 27 dekabr kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Emomali Rahmon O‘zbekiston rasmiy davlat delegasiyasining Tojikistonga qilgan mazkur tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni bundan buyon rivojlantirish va chuqurlashtirish yo‘lida muhim qadam ekanini ta’kidladi.

Tojikiston rahbari O‘zbekistonning ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlarni qayta tiklashiga oid tashabbusini ijobiy baholashini aytib o‘tdi.

U tojik xalqi temir yo‘l uchastkalarini qayta tiklash, temir yo‘l orqali yuk tashish tariflarini pasaytirish, elektr energiya importi va eksportini tiklash, qishloq xo‘jalik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, viza tizimini bekor qilish va yengillashtirish hamda chegara masalalarini hal qilishda munosabatlarning ijobiylashuvini qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qildi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakatning iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport va kommunikasiya, suv, energetika, madaniyat, chegaralar muhofazasi sohalaridagi hamkorlik rivoji bo‘yicha fikr almashildi.

Bundan tashqari, uchrashuvda mintaqa va dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyat, shuningdek terrorizm, ekstremizm, narkotrafik hamda boshqa transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 104
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 154
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 61
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar