“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 21:09
ЎЗO‘Z

Rossiyalik muhandis dunyodagi birinchi robot-oshpazni yaratdi

15 apr, 10:27 8 103 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyalik muhandis dunyodagi birinchi robot-oshpazni yaratdi Rossiyalik robot-texnik Mark Oleynik asos solgan Londonning Moley firmasi dunyodagi birinchi robot-oshpazni yaratdi. Robotning taqdimoti Gannoverda o‘tkazilgan robot texnikasi yarmarkasida bo‘lib o‘tdi. Bu qurilma haqida Wired internet-nashri o‘zining reportajida xabar bermoqda.

Robot konforka, rakovina va plitadan iborat ishchi yuzaga o‘rnatilgan ikkita manipulyatordan tashkil topgan. NASAning robot texnikasi loyihalarida ishtirok etuvchi Londonning Shadow Robotics firmasi manipulyatorlarni harakatchanlik bilan ta’minlagan. Har bir roboqo‘lda 20 ta motor, 24 ta sharnir va 129 ta datchik mavjud. Tizim kameraga yozib olingan oshpaz qo‘llari harakatlarini takrorlay oladi.

Londonda qurilmaning taqdimoti davomida robot-oshpaz krabli sho‘rva tayyorlab, MasterChef televizion tanlovi g‘olibi bo‘lgan Tim Andersonning harakatlarini takrorlagan. Robot avvaldan tayyorlangan masalliqlarni aralashtirib, ularga piyoz, ziravorlar qo‘shgan va 20 daqiqadan sal ko‘proq vaqt ichida sho‘rva tayyor bo‘lgan. Shundan keyin robot tayyor bo‘lgan sho‘rvani kosalarga suzib, unga rayhon va bir necha tomchi qayla qo‘shib tortiq qilgan.

Hozircha robot faqat bittagina resept bo‘yicha taom tayyorlay oladi, biroq qurilmaning sotuvga chiqarilishiga qadar uning yaratuvchilari uni 2000 ta taomdan iborat raqamli kutubxona bilan jihozlash hamda foydalanuvchilarga o‘zlarining reseptlarini qo‘shish imkonini berishni rejalashtirishmoqda. Bundan tashqari, robot idish-tovoqlarni ham yuva oladi.

“Robotni taomlar tayyorlashga o‘rgatish lozim. Unda istalgan taomni tayyorlash uchun etarlicha motor va datchitklar mavjud”, deb aytdi Oleynik.
Moley robot-oshpazlarni 2017 yilda sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda. Qurilmaning taxminiy narxi 14 ming dollar atrofida baholanmoqda. Piyozni odamga xos bo‘lmagan tezlik bilan to‘g‘rayotgan manipulyatorlar foydalanuvchilarda qo‘rquv uyg‘otmasligi uchun robot yaratuvchilari uni ataylab odamga nisbatan tezroq ishlay olmaydigan qilib sozlashgan.

Manba: www.kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 102
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 0
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 0
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 1
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 4
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 21
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Bo‘limlar