“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:14
ЎЗO‘Z

UzMobile GSM tarmog‘i Toshkent shahrida 4G bo‘lishini ma’lum qildi

15 apr, 09:24 8 931 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UzMobile GSM tarmog‘i Toshkent shahrida 4G bo‘lishini ma’lum qildi Zarur qo‘shimcha texnik va ishga tushirish-sozlash ishlarining o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida UzMobile GSM tarmog‘ining ishga tushirilishi ilgari e’lon qilingan sana (10 aprel)dan 15 aprel kuniga ko‘chirilgani ma’lum bo‘lgandi.

“O‘zbektelekom” matbuot xizmati xabar berganidek, UzMobile GSM tarmog‘iga abonentlarning ulanishi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi barcha “O‘zbektelekom” AK sotuvlar ofislarida 15 aprel kuni soat 14:00dan boshlanadi.

7aprel kuni UzMobile GSM abonentlariga taklif etiladigan raqamlar ma’lum bo‘lgani xabar qilingandi.

9 aprel kuni «Uzmobile»ning GSM tarmog‘i tarif rejalari narxi ma’lum bo‘lgandi.

14 aprel kuni kompaniya saytida tarmoqning hududlardagi qamrov darajalari haqidagi ma’lumot beruvchi ro‘yxat joylashtirildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahri va 14 tumandagi 78 aholi punktida 2G dan 4G gacha bo‘lishi bildirilgan.

Ma’lumot uchun, «O‘zbektelekom» – AK butun O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik telekommunikasiyalar operatori hisoblanadi.

Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, internet tarmog‘idan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlarini, CDMA standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi.

Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to‘rtta — UZTELECOM™, UZMOBILE™, UZONLINE™ va TELECOMTV™ savdo belgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14tasi mintaqaviy, 8ta ixtisoslashtirilgan va 3tasi sho‘’ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2010-yil oxiriga kelib, 14 ming nafarni tashkil etgandi.

«O‘zbektelekom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma’lumotlar uzatish va Internet xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.

Manba: www.kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 151
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 297
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar