“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 22:49
ЎЗO‘Z

UzMobile GSM tarmog‘i tariflari e’lon qilindi, Rasmiy xabar

15 apr, 09:10 48 693 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UzMobile GSM tarmog‘i tariflari e’lon qilindi, Rasmiy xabar «O‘zbektelekom» AK matbuot xizmati 15 aprel kuni ishga tushiriladigan UzMobile GSM tarmog‘i tariflarini e’lon qildi.

Xabarda aytilishicha, tarmoqqa ulanish bepul bo‘lib, O‘zbekiston ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun kamida 2 dollar, xalqaro qo‘ng‘iroqlar uchun esa 5 dollar miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish zarur.

UzMobile GSM ikki xil: Start va UzMobile 4000 tarif rejalarini taqdim etadi. Faqat jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan Start tarifida kuniga 0,15 dollarlik abonent to‘lovi mavjud bo‘lib, oyiga 250 daqiqalik vaqt qo‘shib beriladi. O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar tarmoq ichida 0,015 dollar (1,5 sent), tarmoq tashqarisida 0,02 dollarga teng, barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar esa bepul. Shuningdek, rejada 120 Mb internet-trafik qo‘shib beriladi. Undan tashqari ketadigan trafikning 1 megabayti 0,05 dollar deb hisoblanadi. Chiquvchi SMS narxi esa 0,015 dollarga teng.

Uzmobile 4000 tarif rejasidan ham jismoniy, ham yuridik shaxslar foydalana oladi. Unda abonent to‘lovi oyiga 20 dollar bo‘lib, 4000 daqiqa vaqt qo‘shib beriladi. O‘zbekiston bo‘ylab tarmoq ichidagi va tashqarisidagi qo‘ng‘iroqlar 0,01 dollar (1 sent)dan hisoblanadi. Shuningdek, tarifga 600 Mb internet va 600 ta bepul SMS ilova qilinadi. Limitdan oshgach, 1 Mb internet uchun 0,03 dollar, har bir chiquvchi SMS uchun esa 0,005 dollar ushlab qolinadi.

Shuningdek, saytda internet-paketlar, VPN-paketlar tariflari, korporativ mijozlar va byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun tarif rejalari, xalqaro qo‘ng‘iroqlar uchun tariflar batafsil keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida UzMobile GSM tarmog‘ining tijoratli foydalanish uchun ishga tushirilishi dastlab 10 aprelga belgilangan, so‘ng zarur qo‘shimcha texnik va ishga tushirish-sozlash ishlarining o‘tkazilishi munosabati bilan 15 aprel kuniga ko‘chirilgan edi.

UzMobile GSM tarmog‘iga abonentlarning ulanishi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi barcha «O‘zbektelekom» AK sotuvlar ofislarida 15 aprel kuni soat 14:00 dan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yil 12 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2126 sonli «Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilingan edi. Qarorga muvofiq «O‘zbektelekom» AK UzMobile filiali O‘zbekiston mobil aloqasi milliy operatoriga aylandi, unga mobil aloqa bozorida milliy kompaniyalarning keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma mobil aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalari yuklatilgan.

Manba: www.daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 141
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 295
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 529
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 169
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 253
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 77
  • Bo‘limlar