“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 04:15
ЎЗO‘Z

Facebook tomonidan ishlab chiqilgan uchuvchisiz uchar qurilma halokatga uchragani ma’lum bo‘ldi

21 dek, 09:26 5 933 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Facebook tomonidan ishlab chiqilgan uchuvchisiz uchar qurilma halokatga uchragani ma’lum bo‘ldi Amerikaning Facebook kompaniyasiga qarashli Aquila tajribaviy uchuvchisiz uchar qurilmasi o‘tgan yozdagi sinov parvozi vaqtida halokatga uchradi. Bunga kuchli shamol sabab bo‘lgan – u qanotlarga zarar etkazdi. Bu haqda transportdagi xavfsizlik bo‘yicha Milliy boshqarma xabar berdi. Mahkama bu holat borasidagi tekshiruv natijalariga bag‘ishlangan hisobotni taqdim etgan. Facebook asoschilaridan biri Mark Sukerberg esa iyulda qurilma sinovlari omadli ravishda o‘tkazilgani haqida ma’lum qilgandi. U quyosh quvvati yordamida ishlaydi hamda uzoq tumanlarda yashovchi aholiga internetga ulanish imkonini beradi.

Boshqarma hisobotiga ko‘ra, hodisa 28 iyun kuni Arizona shtatidagi tajribalar davomida ro‘y bergan. Aquila er yuzasidan olti metr balandlikda soniyasiga 12,9 metr tezlikda harakatlangan. "Uskuna tezlikni o‘zgartirib, bir tomonga og‘ib ketgan. Bu girdobli harakat oqibatida ro‘y berdi", - deya xulosa qilishgan tekshiruvchilar. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, uchar qurilmaga "jiddiy zarar" etgan, biroq erda hech kim jabrlanmagan.

Sukerberg 22 iyul kuni kompaniya muhandislari ushbu loyiha ustida ikki yil ish olib borishgani haqida xabar bergandi. Qurilma atigi bir necha yuz masofani bosib o‘tgan.

Aquila’ning qanotlari Boeing 737 samolyotiga o‘xshash bo‘lib, og‘irligi atigi 450 kilogramm keladi. Qurilma "uchar qanot" aerodinamik sxemasi asosida yaratilgan va to‘rtta parrak bilan jihozlangan. Aquila 18 kilometr balandlikda parvoz qilishi hamda lazer nuri yordamida foydalanuvchilarning internetga ulanishlariga yordam beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 90
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 123
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 329
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar