“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 17:05
ЎЗO‘Z

Google Jorjiyadagi Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi uchun 300 mln dollar sarflaydi

17 mar, 17:54 7 020 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Google Jorjiyadagi Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi uchun 300 mln dollar sarflaydi Google kompaniyasi o‘zining Jorjiyadagi Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi (MQIM) maydonini kengaytirishni rejalashtirayapti. Serverlar, tarmoq qurilmalari va ma’lumotlarni saqlovchi disklarni joylashtirish zarurati tufayli qo‘shimcha maydon talab qilinmoqda.

VentureBeat resursining xabar berishicha, Atlantadan g‘arb tomonda joylashgan Duglas okrugi hokimiyati Google bu hududda joylashgan ushbu MQIMni kengaytirishga 300 mln dollar sarflashini inobatga olib, unga ko‘chmas mulk bo‘yicha soliq imtiyozlari berishga rozi bo‘ldi.

Google vakili kompaniya haqiqatan ham ushbu ob’ektni kengaytirishni boshlaganini tasdiqladi. Bu loyihaning amalga oshirilishi kamida 25 ta yangi ish o‘rnini yaratishga imkon beradi.

Google oxirgi yillar davomida bozorning etakchisi Amazon’ning veb-servislari bilan raqobatchilik qilish maqsadida o‘zining bulutli xizmatlarini rivojlantirish bilan birga har yili yangi MQIMlar va boshqa ob’ektlarni qurish uchun milliardlab dollarlar sarflaydi.

Google 2003 yilda ochilgan Jorjiyadagi MQIMga qo‘shimcha ravishda AQShning Janubiy Karolina, Ayova, Oklaxoma, Shimoliy Karolina, Oregon shtatlarida, Chili, Tayvan, Singapur, Finlyandiya, Belgiya, Irlandiya va Niderlandiyada joylashgan MQIMlaridan ham foydalanadi.

Manba: www.kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 74
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 182
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 93
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 56
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 499
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 1
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 0
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 1
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 60
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 74
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 71
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Bo‘limlar