“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 05:44
ЎЗO‘Z

Odnoklassnikida mahfiy guruhlar paydo bo‘ldi

22 noya, 22:17 8 306 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Odnoklassnikida mahfiy guruhlar paydo bo‘ldi Odnoklassniki yangi ko‘rinishdagi guruhlarni — mahfiy guruhlarni ishga tushirdi. Yopiq guruhlardan farqli o‘laroq mahfiy guruhlar boshqa foydalanuvchilarga ko‘rinmaydi, ularni ichki qidiruv tizimi orqali topish yoki do‘stlarning guruhlar ro‘yxatida ko‘rish mumkin emas. Mahfiy guruhga kirishning birgina usuli bor — guruh ma’muriyati yoki moderatori tomonidan taklif orqali kirish mumkin. Guruh a’zolarigina guruhning nomini va rasmini yoki undagi ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin. Guruhga a’zo bo‘lmagan foydalanuvchi havola orqali unga kirmoqchi bo‘lsa “Odnoklassnikida bunday sahifa mavjud emas” degan yozuv chiqadi.

Guruhni mahfiy qilish uchun “Oshkoralik” sozlanmasida “Mahfiy guruh” sozlanmasini tanlash kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari OK guruhlar uchun yosh chekloviga ega bo‘lgan kontent uchun “18+” sozlanmasini kiritdi. “Oshkoralik” sozlanmasida “18 yosh va undan katta” bandini kiritdi. Ushbu sozlanmani qo‘llanilishi profilidagi yoshi kichik bo‘lgan foydalanuvchilar ushbu guruh kontentini ko‘ra olish imkoniyatini cheklaydi. Profilidagi yoshi guruh sozlanmasida ko‘rsatilgan yoshdan kichik bo‘lgan foydalanuvchilar guruhga kira olmaydilar, uni qidiruv tizimidan topa olmaydilar va uning postlarini ko‘ra olmaydilar.

“Odnoklassniki turli yoshga va qiziqishga ega auditoriya uchun ijtimoiy tizimdir. OKdan 18 yoshgacha bo‘lgan 6 milliondan ziyod insonlar foydalanadi. Biz ushbu holatga e’tibor bilan qaraymiz va ijtimoiy tizim ichidagi kontent tarqalishiga ma’suliyat bilan qaraymiz. Bunday sozlanmalar bir tarafdan guruhlarga to‘siqlarsiz rivojlanish imkoniyatini, boshqa tarafdan esa bolalarga ijtimoiy tizimdan cheklovlarsiz foydalanish imkoniyatini yaratadi.” – deb aytdi Odnoklassniki loyihasi matbuot xizmati rahbari Anastasiya Jbanova.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi 18 мая, 16:20 30
  • iPhone va iPad'ni ko‘z bilan boshqarish imkoniyati taqdim etiladi 17 мая, 06:30 24
  • GPT-4o bepul sun’iy intellekt modeli taqdim etildi 14 мая, 19:53 48
  • 5G aloqa signallarini kuchaytirishning mutlaqo yangi usuli ishlab chiqildi 12 мая, 14:25 71
  • Tadqiqot: sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi va xavfli bo‘lishi mumkin 12 мая, 07:44 103
  • Sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rganib oldi 11 мая, 22:12 130
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 25
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 36
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 91
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 16
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 127
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 43
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 70
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 137
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 177
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 89
  • Bo‘limlar