“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 15:25
ЎЗO‘Z

Fevral oyida PlayStation 4 savdo ko‘rsatkichlari bo‘yicha Xbox One’dan o‘zib ketdi

13 mar, 17:50 7 770 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fevral oyida PlayStation 4 savdo ko‘rsatkichlari bo‘yicha Xbox One’dan o‘zib ketdi NPD kompaniyasi AQSh videoo‘yinlar va konsollar bozorining fevral statistikasini e’lon qildi.

Fevral oyida PlayStation 4 AQSh bozoridagi savdo ko‘rsatkichlari bo‘yicha Xbox One’dan o‘zib ketgani reytingida o‘z aksini topdi. U PlayStation tarixidagi eng xaridorgir konsolga aylandi. Jumladan, Sony korporasiyasining mart oyi boshida tarqatgan statistik ma’lumotlariga qaraganda, 2013 yilning noyabr oyidan buyon butun dunyo bo‘yicha jami 20.2 mln dona PlayStation 4 komplektlari sotilgan.

NPD ekspertlarining fikricha, o‘tgan oyda AQSh videoo‘yinlar bozori hajmi 955.6 mln dollarga etgan. Roppa-rosa bir yil oldin, 2014 yilning fevralida bu ko‘rsatkich 883.9 mln dollarni tashkil qilgan edi.

Konsollarga bo‘lgan talab bir yil ichida 10 foizga, aksessuarlarga bo‘lgan talab 8 foizga, videoo‘yinlarga bo‘lgan talab 7 foizga o‘sgan. Oyning eng xaridorgir o‘yinlari ro‘yxati quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

1. The Legend of Zelda: Majora’s Mask 3D (3DS);
2. Evolve (Xbox One, PS4, PC);
3. Dying Light (PS4, Xbox One, PC);
4. Call of Duty: Advanced Warfare (Xbox One, PS4, 360, PS3, PC);
5. Grand Theft Auto V (PS4, Xbox One, 360, PS3);
6. NBA 2K15 (PS4, Xbox One, PS3, 360);
7. Dragon Ball: Xenoverse (PS4, Xbox One, PS3, 360);
8. Minecraft (360, PS3, Xbox One, PS4);
9. The Order: 1886 (PS4);
10. Monster Hunter 4 Ultimate (3DS).

Manba: www.kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 35
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 81
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 113
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 156
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 299
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 0
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 0
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 1
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 0
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 21
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 43
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 29
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 149
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 49
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 125
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 137
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 49
  • Bo‘limlar