“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 08:01
ЎЗO‘Z

Blackberry DTEK60 smartfoni rasman namoyish etildi

26 okt, 15:33 6 540 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Blackberry DTEK60 smartfoni rasman namoyish etildi Garchi Kanadaning Blackberry kompaniyasi bundan buyon smartfonlar tayyorlamasligi haqida rasmiy bayonot bergan bo‘lsa-da, mazkur brend nomi ostida boshqa vendorlar turli qurilmalar ishlab chiqarishda davom etmoqdalar. Kuni kecha kompaniya renderlari anchadan beri tarmoqda mavjud bo‘lgan Blackberry DTEK60 smartfonini rasman taqdim etdi.

Yangi model TCL smartfoni bazasida yaratilgan bo‘lib, tashqi tarafdan Alcatel Idol 4S qurilmasiga o‘xshab ketadi.

Ferra nashrining ma’kul qilishicha, Blackberry DTEK60 modeliga barmoq izi skaneri, 5,5 dyuymli Quad HD ekran, 21 MPli asosiy va 8 MPli old kamera o‘rnatilgan. Gadjet Qualcomm Snapdragon 820 prosessorida ishlaydi, 4 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega. Shuningdek, ichki xotirani microSD-karta yordamida 2 TBgacha kengaytirish imkoniyati mavjud.

Blackberry DTEK60 USB Type-C porti, 4G LTE-Advanced, Wi-Fi (802.11 ac), Bluetooth 4.2, GPS, GLONASS va BeiDou modullari bilan jihozlangan. Akkumulyatorining sig‘imi 3000 mA/soat bo‘lib, Qualcomm Quick Charge 3.0 tezkor zaryadlash standartini qo‘llab-quvvatlaydi. Model Android 6.0 Marshmallow dasturida faoliyat ko‘rsatadi.

Smartfonni kompaniya sayti orqali sotuv hududiga qarab 499 yoki 579 dollar narxida xarid qilish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 26
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 81
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 108
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 156
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 299
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 26
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 117
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 69
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 108
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 238
  • Bo‘limlar