“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:50
ЎЗO‘Z

Kodak Ektra – korservativ uslubdagi kamerafon

21 okt, 09:27 6 700 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kodak Ektra – korservativ uslubdagi kamerafon Kodak firmasi o‘zining ikkinchi smartfonini rasman namoyish qildi. Kodak Ektra nomli model Android Marshmallow bazasida ishlaydi. Firma mazkur modelda birinchi smartfoni IM5 qurilmasidagi kamchiliklarni bartaraf qilishga harakat qilgan. Eng qizig‘i, smartfon 1941 yilda chiqarilgan afsonaviy Ektra kameralari sharafiga nomlangan.

Smartfonning orqa tomoni kamera uslubida ishlangan, charm panel bilan qoplanganligi bois foydalanish ergonomikasi ancha qulaylashgan. Qurilma 5 dyuymli Full HD ekran bilan jihozlangan bo‘lib, Terabayt.uz saytining yozishicha, uning dizayni Buyuk Britaniyaning Bullitt firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Shubhasiz, Kodak Ektra’dagi eng ahamiyatli xususiyat — uning kameralari: modelga diafragmasi f/2.0, fazali avtofokus bilan quvvatlangan 21 MPli asosiy kamera o‘rnatilgan. Bundan tashqari, asosiy kamerada ikki xil rangdagi chaqnoq va 4K formatida video yozish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Selfi uchun 13 MPli old kamera xizmat qiladi. Shuningdek, smartfondagi maxsus dasturlar yordamida rasm va videolarni tahrirlash, ularga turli effektlar qo‘shish mumkin.

Gadjet MediaTek Helio X20 yordamida ishlaydi, 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan. Sig‘imi 3000 mA/st bo‘lgan batareyadan quvvatlanadi. Smartfonga bir qator konvervativ uslubdagi aksessuarlar ham ilova qilinadi.

Kodak Ektra dekabr oyida Buyuk Britaniya va Evropa mamlakatlarida sotuvga chiqariladi. Tavsiya etilgan narxi – 499 evro.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 132
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 241
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 97
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 57
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 509
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 21
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 58
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 215
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 162
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 59
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 224
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 70
  • Bo‘limlar