“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 07:16
ЎЗO‘Z

Maxsus displeyga ega jahondagi ilk plastik karta

06 okt, 00:29 6 832 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maxsus displeyga ega jahondagi ilk plastik karta Fransiyaning kiberxavfsizlik texnologiyalarini ishlab chiquvchi Oberthur Technologies kompaniyasi kredit kartalarni firibgar va o‘g‘rilardan himoya qilishning juda antiqa usulini o‘ylab topdi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.

Bugungi kunda kredit kartalarni o‘g‘irlash, ularning ma’lumotlaridan g‘arazli maqsadlarda foydalanish, firibgarlikning eng keng tarqalgan, zamonaviy ko‘rinishlaridan hisoblanadi. O‘g‘rilar, asosan, karta nomeri, uning amal qilish muddati, foydalanuvchi nomi va CVC- kodlarni o‘g‘irlab, turli yo‘llar (masalan, internet-do‘konlar orqali) kredit kartadagi pullarni o‘zlashtirishlari mumkin. Albatta, bu biroz tasavvurga sig‘maydigan holat. Ammo, afsuski, bunday firibgarlik turi ayni zamonda juda ko‘p kuzatilmoqda.

Fransuzlar tomonidan o‘ylab topilgan Motion Code nomli xavfsizlik tizimi o‘zgaruvchan CVC-kodlarga asoslangan. Bu esa kredit kartani o‘g‘irlashning oldini olishi tabiiy. Nega deysizmi? Axir, karta o‘g‘irlangani bilan undagi kod baribir tez orada o‘zgartiriladi va natijada undan foydalanish imkoniyati cheklanadi. Mustahkam materialdan qilingan kartadagi mitti displeyda CVC-kodlar har 60 daqiqada o‘zgarib turadi.

Ekran kartaga sozlangan litiy batareyadan quvvatlanadi, undagi zaryad uch yil muddatga etadi. Hozirda mazkur texnologiya ikkita fransuz banklari tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda. Kelgusida Motion Code texnologiyasidan Polsha, Meksika va Buyuk Britaniya banklari foydalanish istagini bildirishgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi 18 мая, 16:20 41
  • iPhone va iPad'ni ko‘z bilan boshqarish imkoniyati taqdim etiladi 17 мая, 06:30 24
  • GPT-4o bepul sun’iy intellekt modeli taqdim etildi 14 мая, 19:53 51
  • 5G aloqa signallarini kuchaytirishning mutlaqo yangi usuli ishlab chiqildi 12 мая, 14:25 71
  • Tadqiqot: sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi va xavfli bo‘lishi mumkin 12 мая, 07:44 103
  • Sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rganib oldi 11 мая, 22:12 131
  • So'nggi yangiliklar
  • Suiqasdga uchragan Slovakiya bosh vazirining ahvoli haqida ma’lumot berildi 20 мая, 06:00 1
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 160
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 38
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 37
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 34
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 182
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 121
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 57
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 54
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 29
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 432
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 107
  • Bo‘limlar