“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:31
ЎЗO‘Z

Snapchat ichki o‘rnatilgan kamerali quyoshdan saqlovchi ko‘zoynakni taqdim qildi

24 sen, 23:29 7 200 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Snapchat ichki o‘rnatilgan kamerali quyoshdan saqlovchi ko‘zoynakni taqdim qildi Fotosurat va videoxabarlar bilan almashishga mo‘ljallangan Snapchat messenjeri yaratuvchilari o‘zlarining birinchi gadjetlari – ichki o‘rnatilgan kamerali quyoshdan saqlovchi ko‘zoynak Spectacles’ni taqdim qildilar. Bu haqda The Wall Street Journal'ga asoslanib "Kun" xabar berdi.

"Biz eng kichik simsiz videokameralardan birini yaratdik, u bir quvvatlanish bilan kun davomida snaplar olishga imkon beradi", deb aytildi qurilmaga berilgan ta’rifda. Ta’kidlanishicha, qurilma uzunligi 10 soniyagacha bo‘lgan video yozib, uni Bluetooth yoki Wi-Fi orqali smartfonga uzata oladi.

Ko‘zoynaklar uch xil rangda – qora, feruza va korall ranglarida taklif qilinadi. Qurilma 2016 yil kuzida savdoda paydo bo‘lib, uning narxi 129,99 dollarni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, Snapchat asoschisi va rahbari Evan Shpigel kompaniyaning qayta shakllanishini ma’lum qildi. Endi kompaniya Snap Inc. deb ataladi. Yangilangan kompaniya ham Snapchat’ni rivojlantirish, ham Spectacles loyihasiga kiruvchi kamera va boshqa mahsulotlarni yaratish biznesi bilan shug‘allanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 152
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 297
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar