“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:00
ЎЗO‘Z

Britaniyalik talabaning ixtirosi dunyodagi millionlab insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin

16 sen, 13:10 7 632 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Britaniyalik talabaning ixtirosi dunyodagi millionlab insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin 22 yoshli britaniyalik talaba deyarli barcha sharoitlarda foydalanish mumkin bo‘lgan portativ qurilmani ixtiro qildi, deyiladi "Kun" nashrida. Uning ixtirosi mobil sovutgich sanaladi. Olimlar fikricha, qurilmaning asosiy foydali jihati – zarur haroratda dori vositalarini saqlash imkoniyatidir.

Qurilma muallifi Lafboro universiteti talabasi Uill Brodvey. Yosh ixtirochining aytishicha, u o‘z texnologiyasi ortidan foyda ko‘rish niyatida emas. «Men doim insonlarga chinakamiga zarur bo‘lgan buyumni yaratishni orzu qilganman. Endi menda bu imkon bor», — deydi talaba.
Uill yaratgan ixtirosi uchun rag‘batlantirildi. Yosh kashfiyotchi butun dunyo bo‘ylab ixtirochi-talabalar o‘zaro bellashadigan an’anaviy Dayson mukofotini qo‘lga kiritdi. Mobil sovutgich 30 kun davomida Selsiy bo‘yicha 2 dan 8 gacha bo‘lgan muqobil haroratni ko‘tara oladi.

Qurilma qashshoqlik va mojarolar botqog‘idagi mamlakatlarda yanada kerakli bo‘ladi. Texnologiya ammiak va suvni isitish natijasida ishlaydi. Natijada bug‘ hosil bo‘ladi va asosiy erga sovuqlikni etkazib beradi. Uillning hisobi bo‘yicha, mobil sovutgich yiliga 1,5 milliondan ortiq insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin.

Ayni damda Uill o‘z o‘qishini tamomlashga bor e’tiborini qaratgan. Shundan so‘ng u o‘z ixtirosini mukammallashtirish istagida. Hozircha mobil sovutgich faqat vaksinalarni tashish uchun ishlatiladi. Biroq Uill ayrim o‘zgarishlar texnologiya imkoniyatlarini kengaytirishiga ishonch bildirmoqda.

«Transplantasiya uchun donorlik qonlari, tana a’zolari – bularning barchasi hali ham uzoq muddatgacha sovuq haroratda saqlab bo‘lmaydigan sovutilgan paketlar yordamida olib kelinadi. Mening sovutgichim bu va boshqa muammolarga echim topadi», — deb aytdi Uill.
[media=https://youtu.be/aeW76Jequag]




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 152
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 297
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar