“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 06:01
ЎЗO‘Z

Edvard Snouden kiberxavfsizlikka oid maslahatlar berdi

15 sen, 14:17 5 849 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Edvard Snouden kiberxavfsizlikka oid maslahatlar berdi AQSh Milliy xavfsizligi agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden kiberta’qibdan qanday qutilish mumkinligiga oydinlik kiritdi. U ko‘pgina jihatlar orasida kompyuterdagi veb-kamerani plastir bilan to‘sib qo‘yish muhimligini bildirgan.

«Bu oddiy. Agar siz plastirdan foydalansangiz u sizning kompyuteringizni buzmaydi. Kamerani qo‘llaganda plastirni olib qo‘yasiz, tamom-vassalom», — deya Snouden so‘zlarini keltiradi "Kun" nashri. U, Oliver Stounning «Snouden» nomli filmidagi shu kabi holatni izohlar ekan, shunday fikrni bildirgan.

Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi kiberxavfsizlik bo‘yicha boshqa maslahatlarni ham bergan. Xususan, turli saytlar uchun bir xil paroldan foydalanish yaxshi emas. Agar shunday qilsangiz, bitta akkauntingiz buzilsa, boshqasi ham buzilishi mumkin. Snouden telefon orqali suhbatlarga qarshi kurashish uchun kodlash dasturlaridan foydalanishni tavsiya qilgan. Bundan tashqari, u, reklamalarni to‘suvchi va viruslarga qarshi dasturlar o‘rnatishni tavsiya qilgan. Biroq, bularning bari Snoudenning so‘zlariga ko‘ra, faqat xakerlarni to‘xtata oladi, maxsus xizmatlarni emas.

«Bu AQSh MXAga qarshi qo‘l kelmaydi. Siz MXAni to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, siyosiy jarayon orqali erisha olasiz. Ammo, afsuski bu yilgi prezidentlik kampaniyasida bu haqda eshitmayapmiz. Hech kim konstitusiya va huquqlar xususida eslamayapti ham. Ular, bizga keraksiz bo‘lgan narsalar haqida jar solmoqda», — deb qayd etgan Snouden.

«Snouden» filmi rejissyori Oliver Stoun ham noutbukdagi kamerasini elimlab qo‘yishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, AQSh Federal qidiruv boshqarmasi direktori Jeyms Komi noutbugidagi veb-kamerani xakerlik hujumi va buzilishiga qarshi elimlashini bildirgan va boshqalarga ham shunday yo‘l tutishni maslahat bergan edi. Facebook asoschisi Mark Sukerberg ham kiberxavfsizligini ta’minlash maqsadida xuddi shu usuldan foydalanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 140
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 294
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 52
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 526
  • So'nggi yangiliklar
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 39
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 171
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 103
  • Bo‘limlar