“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:21
ЎЗO‘Z

Beeline yangi katta hajmdagi 4G internet paketlarini joriy qildi

14 sen, 15:42 7 035 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Beeline yangi katta hajmdagi 4G internet paketlarini joriy qildi Beeline Toshkentdagi innovatsion LTE tarmog‘ining navbatdagi kengayishi munosabati bilan joriy etilgan yangi internet-paketlarni taqdim etdi.

Bugun IBC Halqaro Biznes-markazida bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida Unitel MChJ tijorat direktori Maksim Efremov yangi lineykani shunday sharhladi: “So‘ngi oylar mobaynida ham yangi xizmatlar sifatida, ham mavjud tariflar doirasida Beeline data-servislarining jiddiy kengayishi belgilandi. 2016 yilning asosiy trendi – abonentlarga taqdim etilayotgan trafik hajmini ko‘paytirish, bu nafaqat mijozlarning Internetga bo‘lgan ehtiyoji o‘sib borishi bilan, balki tarmoqlarimizning imkoniyatlari sezilarli darajada o‘sib borayotgani bilan ham bog‘liqdir. So‘ngi payt mobaynida poytaxtdagi to‘rtinchi avlod tarmog‘i hajmini sezilarli darajada kengaytirganimiz sir emas, shuning uchun bugungi kunda Internetdan foydalanishning katta hajmini hisobga olgan holda ham xizmatlarning yuqori darajasini ta’minlay olamiz”.

Yangi paketlar quyidagi parametrlarga ega:

• “4G Oy 15000 Mb” internet-paketi – 15 000 Mb 30 kunga $40 evaziga;

• “4G Oy 30000 Mb” internet-paketi – 30 000 Mb 30 kunga $50 evaziga;

• “4G Oy 60000 Mb” internet-paketi – 60 000 Mb 30 kunga $60 evaziga.

“Yangi paketlardagi misli ko‘rilmagan trafik hajmi Beeline‘ning LTE tarmog‘i ta’minlaydigan yuqori tezliklar bilan bog‘liqdir, – deydi Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – E’tibor berishimizcha, ayrim abonentlar foydalanishning biror bir modeliga o‘rgangan holda, nima uchun trafik shunchalik tez sarflanib borayotganini har doim ham darhol tushuna olmaydilar. Kompaniyamizda mijozlarga peshqadam chiqib, yangi katta hajmli paketlardagi internet narxi sezilarli darajada arzonlashtirildi. So‘zsiz, ular avvalam bor 4G yuqori tezliklari uchun mo‘ljallangan, lekin ulardan Beeline‘ning barcha abonentlari o‘zlari ishlatadigan texnologiyadan qat’iy nazar foydalanishlari mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, Beeline Toshkentdagi LTE tarmog‘ini keng ko‘lamli qoplanishi haqida e’lon qildi. Tarmoq LTE 850 (band 18 va band 5) chastotalarida ishlaydi va xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini ta’minlaydi.

4G tarmog‘idan foydalanish uchun yangi avlod SIM-kartasi va 4G Beeline tarmog‘ida ishlovchi moslama kerak bo‘ladi. Abonentlar o‘z SIM-kartalarini 4G SIM-kartalariga Beeline savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida va dilerlik nuqtalarida almashtirib olishlari mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 141
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 295
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 529
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar