“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 22:46
ЎЗO‘Z

Sergey Cherepnin Beeline‘ning moliya direktori lavozimini egalladi

07 sen, 13:13 6 479 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sergey Cherepnin Beeline‘ning moliya direktori lavozimini egalladi Beeline Sergey Cherepnin moliya direktori lavozimiga tayinlangani haqida xabar beradi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi: “Digital-transformasiya, tarmoqlarni kengaytirish, LTE standartini joriy qilish va navbatgagi texnologik siljish davrida moliya direksiyasining o‘rni juda muhim. Shunday yirik loyihalarni amalga oshirish puxta o‘ylangan strategiyani talab qiladi va Beeline investision rejasini bajarish bilan bog‘liq. Ushbu davrda kompaniyaning moliya blokiga Sergey kabi malakali boshqaruvchi boshchilik qilishi, O‘zbekistondagi VimpelCom uchun katta muvaffaqiyat deb hisoblayman”.

“Yangi lavozimda ishga tushar ekanman, Beeline biznesiga yangi nazar va g‘oyalarni olib kelishni mo‘ljallamoqdaman. Korxonaning moliyaviy barqarorigi, uzoq muddatli rejalashtirish, faoliyatning yangi yo‘nalishlarini, perspektiv echimlar va innovaisiyalarni to‘g‘ri baholash — kompaniyaning muvaffaqiyatli faoliyati va ijobiy mijozlar tajribasining garovidir deb hisoblayman” – belgiladi Sergey Cherepnin.

Sergey Cherepnin 1972 yil 19 fevral kuni tavallud topgan. 1994 yilda Moskva davlat Universiteti mexanika-matematika fakultetini a’lo baholar bilan tamomladi, 2003 yilda Moskvadagi MBA Biznes va Iqdisot Amerika institutining (AIBEc) diplomini qo‘lga kiritdi.

1995 yildan 2000 yilga qadar Sergey konsalting va tijorat menejment sohalarida mutaxassislashgan bir necha kompaniyalarda ishalagan. 2000-2006 yillarda VimpelCom OAJ moliyaviy blokida, Moskva hududiy filialining moliya direktori, shuningdek Ukrainadagi Beeline‘da qator rahbarlik lavozimlarni egallab kelgan.

2006 yilda Rossiyadagi Nokia Networks moliya direktori etib tayinlandi, 2007 yilda esa Nokia Siemens Networks (NSN) muhim mijozlaridan biri bilan ishlash bo‘yicha moliya direktori bo‘ldi. 2012 yildan Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ukraina mamlakatlarini birlashtiruvchi hudud bo‘yicha NSN moliya direktori lavozimini egalladi. 2014 yilning centyabr oyida Sergey Cherepnin Rossiyadagi Nokia Networks bosh direktori lavozimini egalladi.

Sergey oilali, ikki nafar farzandi bor. Faol hayot tarzini olib boradi, sayohat qilishni o‘zining asosiy xobbisi deb hisoblaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 143
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 1
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 6
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 220
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 49
  • Bo‘limlar