“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 17:09
ЎЗO‘Z

Samsung Electronics O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

29 avg, 12:16 6 724 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samsung Electronics O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi Yoshlar tashabbuslari markazi nodavlat-notijorat tashkiloti hamda Samsung Electronics Co.LTD'ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashdi. Unga ko‘ra, har ikki tashkilot axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishadi, deyiladi "Kun" nashrida.

Shuningdek, «Intellect2all» respublika tanlovi doirasida joriy yilning kuz oylarida Samsung Electronics injenerlari tomonidan loyiha ishtirokchilari uchun mahorat darslari tashkil etish ko‘zda tutilgan.

«Intellect2All-2016» barcha finalchilari Samsung Employee Volunteer Program ta’lim dasturiga ko‘ra, kompaniya xodimlarining ilg‘or tajribasini o‘rganib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Qayd etib o‘tish kerakki, NEVP – bu Samsung Electronics'ning global loyihasi bo‘lib, 2010 yildan amalga oshirib kelinadi. Hozirgi kungacha mamlakatimizning ko‘plab yigit-qizlari ushbu ta’lim dasturi asosida o‘z malakalarini oshirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Joriy yilda «Intellect2All» tanlovining finaliga 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar yo‘l oldilar. Tanlov mamlakatimizning 7 hududida 18 maydan 30 iyunga qadar o‘tkazildi. Tanlovning final bosqichi joriy yil ICTWEEK Uzbekistan-2016 haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadi. Tanlovning mukofot puli 30 million so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, «Intellect2All» loyihasi Yoshlar tashabbuslari markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilib, axborot texnologiyalari sohasidagi eng yaxshi loyihalarni saralab topish hamda ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan yoshlarni qullab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 141
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 295
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 527
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 2
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Bo‘limlar