“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 03:15
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi 32 foizga oshdi

24 avg, 17:11 7 189 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi 32 foizga oshdi Poytaxtimizda “Axborot sohasida tadbirkorlik faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deyiladi "Darakchi" nashrida.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda soha mutaxassislari va ekspertlar axborot sohasini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazaning rivojlanish holati, istiqbollari, axborot texnologiyalari va kommunikasiyalar sohasida xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, mamlakatda innovasion biznes muhitini yaxshilash masalalarini muhokama qildi.

Korxonalar, xo‘jalik birlashmalari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga axborot-kompyuter texnologiyalari keng joriy qilinmoqda. Yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, internet tarmog‘idan foydalangan holda yangi bozorlarni ochish uchun xizmat qilmoqda.

Axborot sohasining me’yoriy-huquqiy bazasini muntazam isloh qilish tufayli milliy axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasi barqaror yuksalib bormoqda. Soha korxonalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi oxirgi yilda 11 foiz, jumladan, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 12 foizga o‘sdi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi yil boshiga nisbatan 32 foizga oshdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 140
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 294
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 52
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 526
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar