“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 02:06
ЎЗO‘Z

Beeline Eurasia Mobile Challenge eng yirik innovasiyalar tanlovida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilishni boshladi

12 iyul, 19:18 6 349 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Beeline Eurasia Mobile Challenge eng yirik innovasiyalar tanlovida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilishni boshladi Beeline Eurasia Mobile Challenge halqaro innovasiyalar tanlovining Evroosiyo bosqichi boshlangani haqida e’lon qiladi. Loyihaning maqsadi – dunyoni o‘zgartiruvchi eng yangi digital-echimlarni izlashga yosh mutaxassislarni ilhomlashtirish. Eurasia Mobile Challenge VimpelCom Ltd. tashabbusi bo‘yicha o‘tkazilmoqda. Halqaro kompaniya kommunikasiyalar va texnologiyalar sohasida ihtisoslashgan bo‘lib, har bir mijoz uchun raqamli dunyo imkoniyatlarini ochish g‘oyasiga ega.

Ikki yildan beri Eurasia Mobile Challenge VimpelCom Ltd. Guruhining “Make Your Mark” (“O‘z izingni qoldir”) ijtimoiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, yoshlarga ularning texnik bilimlariga qaramay, kelajakni barpo etish, umuman mamlakatda, shuningdek hududiy darajada iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga imkoniyatlarni yaratib beradi.

Mobil echimlar bo‘yicha Evraosiyo chempionati – Barselonada finali bo‘lib o‘tadigan Global Mobile Challenge startaperlarning eng yirik jahon tanlovining bosqichlaridan biridir. Tanlov digital-, mobil, moliyaviy, cloud (bulutli) va M2M echimlar, big data, shuningdek ijtimoiy muammolarni bartaraf eta oladigan ilovalarning konsepsiyasini yoki tayyor prototipini taqdim eta oladigan texnik va gumanitar mutaxassislikdagi yoshlarga, yosh tadbirkorlar va startaperlarga mo‘ljallangan.

Musobaqada O‘zbekiston, Armaniston, Gruziya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ukraina mamlakatlaridan tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin. Hududiy bosqichlar chog‘ida har bir ishtirokchi seminarlar, master-klasslar va pitch-sessiyalarda o‘z konsepsiyasini g‘oyalarini tayyor mobil echimga aylantirishda ko‘mak bera oladigan mahalliy va halqaro ekspertlar va mentorlar bilan birgalikda test sinovidan o‘tkazish, kam-ko‘stini to‘ldirishlari mumkin. Loyihalar IT-sohasidagi ekspertlar tomonidan quyidagi mezonlar bo‘yicha baho beriladi: innovasiyalar darajasi, mahalliy uyushma uchun dolzarbligi, keng ko‘lamligi va noyobligi.

Har bir ishtirokchi-mamlakatda chempionatning mahalliy bosqichi bo‘lib o‘tadi, uning doirasida ishtirokchilar o‘z mamlakatlaridagi raqiblari bilan bellashadilar. 24 guruh (har bir mamlakatdan 3 guruh) hududiy bosqichning finaliga yo‘l oladilar. Hududiy finalning 3 g‘olibi pullik sovringa ega bo‘ladilar va 2017 yilda Barselonada Halqaro Mobil kongressida bo‘lib o‘tadigan global finalda kurashni davom ettiradilar.

“VimpelCom startapdan 200 million mijozlarga ega va dunyoning 10% aholisi uchun mavjud bo‘lgan halqaro telekommunikatsion va texnologik kompaniya darajasiga o‘sdi. Bizning bu tajribamiz – bizning ilhomimiz. Haqiqiy digital-o‘yinchiga transformasiya qilish jarayonida, biz mijozlarimizga yanada yaqin qiladigan yangi ilovalar va dasturiy echimlarni qidiramiz. Beeline VimpelCom‘ning ushbu yo‘nalishdagi Make Your Mark loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi, va biz Eurasia Mobile Challenge ishtirokchilaridan yangi biznes-g‘oyalarni intizorlik bilan kutib qolamiz”, – belgilab o‘tdi Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov.

Bugungi kunda biz O‘zbekistondagi jamiyatning ehtiyojlarini qondira olishga qatarilgan kelajakning ultrazamonaviy ilova va echimlarini izlash jarayonidamiz. Ro‘yhatdan o‘tish uchun www.eurasiamobilechallenge.com saytiga tashrif buyuring va mobil aloqa sohasidagi innovatsion loyiha ustida ishlashni boshlang.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 47
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 85
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 120
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 160
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 303
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 18
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 68
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 69
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 100
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 43
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 64
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Bo‘limlar