“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 11:39
ЎЗO‘Z

Facebook kompaniyasi internetga simsiz kirishni ta’minlaydigan yangi qurilmani taqdim etdi

07 iyul, 13:48 6 709 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Facebook kompaniyasi internetga simsiz kirishni ta’minlaydigan yangi qurilmani taqdim etdi AQShning Facebook kompaniyasi o‘zining internetga simsiz kirishni ta’minlaydigan OpenCellular platformasini taqdim etdi. U internetdan foydalanish mushkul bo‘lgan aholi yashaydigan hududlar uchun mo‘ljallangan. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

Qurilma noqulay obhavo sharoitlariga dosh bera oladi. Uni quvvatlash uchun akkumulyatorlar, quyosh batareyalari va elektr tarmog‘idan foydalanish mumkin.

Facebook asoschisi Mark Sukerbergning so‘zlariga ko‘ra, bitta OpenCellular qurilmasi 1500 kishini internet bilan ta’minlay oladi.

“Er yuzining to‘rt milliarddan aholisi internetga ulana olmaydi. Buning asosiy sabablaridan biri uzoq aholi punktlarida internetdan foydalanish infratuzilmasi mavjud emasligida.”, deydi Sukerberg.

Kompaniya yangi qurilmaning moliyaviy jihatdan hamma uchun qulay narxda bo‘lishi haqida ta’kidlab o‘tdi, lekin uning narxi aynan qancha bo‘lishi haqida ma’lumot berilmadi.

Xabarda yozilishicha, OpenCellular qurilmasidan joriy yilning yozidayoq foydalanish boshlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Facebook dunyodagi eng keng tarqalgan ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Unga 2004 yilning 4 fevralida Mark Sukerberg tomonidan asos solingan. Unga dunyo bo‘ylab oyiga 1.6 milliard foydalanuvchi tashrif buyuradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 95
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 92
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 55
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 499
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 82
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 0
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 0
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 0
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 149
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 40
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 179
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 95
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 190
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 60
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 119
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 131
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 273
  • Bo‘limlar