“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 15:26
ЎЗO‘Z

Smartfonni to‘g‘ri quvvatlantirish yuzasidan 5 muhim tavsiya

17 iyun, 18:58 8 020 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Smartfonni to‘g‘ri quvvatlantirish yuzasidan 5 muhim tavsiya Axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi davrda qo‘l telefoni yoki noutbukdan foydalanmaydigan odam bo‘lmasa kerak. Biroq, eng zamonaviy gadjetlarning ham bitta “minus”i bor. U ham bo‘lsa, gadjetlarning quvvati bir pasda tugab qolishi. Zamonaviy gadjetlardagi akkumulyatorlar uzoq muddat davomida ishlashi ko‘p jihatdan o‘zimizga bog‘liq. Bunda ularni to‘g‘ri quvvatlantirish o‘ta muhim. Quyida ana shu xususda tavsiyalar beramiz.

1. Qurilmani muntazam ravishda quvvatlantirib turing.
Gadjet akkumulyatori quvvati to‘laligicha tugab qolmasin. Litiy-ion akkumulyatorlarda xotira effekti mavjud emas, shuning uchun ham ular to‘laligicha o‘chib ulgurmasidanoq qayta quvvatlantirish zarur.

Agar qurilmangiz akkumulyatori uzoq muddat sizga beminnat xizmat qilishini istasangiz, ularni 10-20 foizdan kamroq quvvati qolganida quvvatlantirishga qo‘ying.

2. Qurilmani o‘z vaqtida quvvatlantirgichdan uzing
Gadjetingiz akkumulyator quvvati 50-80 foiz bo‘lsa, undan bemalol foydalanishda davom etishingiz mumkin. Gadjet sizga uzoq muddat xizmat qiladi. Agarda akkumulyator 100 foiz quvvatlangan bo‘lsa, uni o‘z vaqtida elektr tokidan uzing. Bu amal batareyaning uzoq muddat buzilmasligiga kafolat beradi. Ko‘pchilik telefoni yoki noutbukini kechasi quvvatlantitrishga qo‘yib qo‘yadi. Bu noto‘g‘ri.

3. Bir oyda 3 marta qurilma quvvatini to‘laligicha ishlating va 100 foizga to‘ldiring
Uzoq muddat telefondagi to‘liq quvvat saqlanib turishi ham litiy-ionli akkumulyatorlar uchun zararlidir. Har doim 0% gacha tushib ketadigan quvvat ham xuddi shunday zarar keltiradi. Quvvatlantirish jarayonining betartibligi(rozetkadan quvvatlantirish, USB vositasida quvvatlantirish) sabab, mutaxasislar bir oyda 3 marta qurilma quvvatini to‘liq ishlatib, uni 100% quvvatlanttrishni tavsiya qiladi.

4. Original quvvatlantiruvchi moslamadan foydalaning
Quvvatlantiruvchi moslama bevosita mobil telefonning ichida joylashganini, tashqi quvvatlantiruvchi uskuna esa maishiy elektr tarmoqdagi tokni unga to‘g‘rilab turishini ko‘pchilik bilmasa kerak. Ya’ni quvvatlantiruvchi uskuna to‘g‘ridan-to‘g‘ri batareyaga ta’sir o‘tkazmaydi.

Ayrim gadjetlar, masalan fotokameralar ichki quvvvatlantiruvchi uskunaga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ularning litiy-ionli akkumulyatorlari tashqi quvvatlantiruvchi moslamaga o‘rnatilgan bo‘ladi. Mana shunday hollarda qalbaki quvvatlantiruvchi moslamadan foydalanish gadjet batareyasi ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishii mumkin.

5. Batareya qizib ketishiga yo‘l qo‘ymang
Litiy-ionli batareyalarning eng ashaddiy dushmani yuqori harorat hisoblanadi. Qizib ketishni ular aslo ko‘tara olmaydi. Shuning uchun ham mobil uskunalarga quyosh nurlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishiga yo‘l qo‘ymang. Shuningdek telefoningizni isitish tizimidan ham uzoqroqqa qo‘ying. Litiy-ionli akkumulyatorlarni ishlatish mumkin bo‘lgan maksimal havo harorati -40 °C darajadan +50 darajagacha.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 159
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 92
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 55
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 499
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 0
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 0
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 3
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 40
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Bo‘limlar