“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 04:44
ЎЗO‘Z

iPhone 7 yangi rang va 4 dinamikaga ega bo‘ladi

23 мая, 23:58 5 952 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
iPhone 7 yangi rang va 4 dinamikaga ega bo‘ladi Kuni kecha tarmoqlarda iPhone 7ning metall korpusi tasvirlangan suratlar paydo bo‘ldi. Agar ushbu suratlar soxta bo‘lmasa, Apple’ning navbatdagi flagmani yangi rang va ilg‘or audiotizimga ega bo‘ladi, deyiladi "Kun" nashrida.

Italyalik g‘ilof ishlab chiqaruvchi NoWhereElse.fr sayti joylagan suratga ko‘ra, smartfonning orqa paneli noodatiy binafsha rangda bo‘ladi. Ayni damda iPhone 4 xil rangda chiqarilmoqda — qora, oq, tilla va «pushti-tilla» ranglarda.

Bundan tashqari, vspishka joyi o‘zgargan – u bilan birga shovqin dastasi bo‘lgan mikrofon teshigi kamera ob’ektivining yon tomonida emas, tagida joylashgan. Korpusda iPhone 6s kabi proektor mavjud, biroq linzalar uchun teshik biroz kattalashganini sezish mumkin. Bu esa yangi va zamonaviy modulga ega kamera bo‘lishidan dalolat beradi.

Avvallari ham aytib o‘tilganidek, yangi qurilmada 3,5 mm uzunlikdagi quloqchinlar bo‘lmaydi — ularning o‘rniga Apple Bluetooth yoki Lightning ulagichi orqali yoqiluvchi garnitura (eshitish vositasi)dan foydalanishni tavsiya etadi. Biroq suratdagi eng e’tiborli jihat — korpusning yuqori qismidagi ikkita qo‘shimcha dinamik panjaralardir. Bunday ichki audiotuzilma avvalroq iPad Pro 12.9 va 9.7da mavjud bo‘lgan.

Bu va boshqa suratlar shundan dalolat beradiki, 2016 yilning sentyabrida taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 7 avvalgi «ayfon»lardan tubdan farq qilmaydi. Antennalarni yashirib turuvchi plastik chiziqlar chekka qismga joylashadi va deyarli sezilmaydi. Bundan tashqari, smartfon chang va namlikdan himoyalana olish imkoniga ega bo‘ladi, degan ehtimol ham yo‘q emas.

Qurilma yanada tezkor ishlaydi — Apple A10 prosessorining faoliyati kengayadi va tezkor grafika, 3 GB operativ xotira (faqatgina ayrim modellarda), 256 GB hajmdagi ichki xotiraga ega bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 49
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 47
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 89
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 120
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 161
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 40
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 38
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 54
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 52
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 79
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 112
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 50
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 29
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 89
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 161
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 61
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 69
  • Bo‘limlar