“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 05:40
ЎЗO‘Z

Apple dunyodagi eng qimmatbaho kompaniya nomidan mahrum bo‘ldi

13 мая, 14:30 6 553 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Apple dunyodagi eng qimmatbaho kompaniya nomidan mahrum bo‘ldi Apple 2016 yilda ikkinchi marta dunyoning eng qimmatbaho kompaniyasi nomini Alphabet (Google'ning egasi) xoldingiga boy berdi. Bunga Apple'ning asosiy hamkorlaridan kompaniyaga nisbatan bildirilgan salbiy fikrlar sabab bo‘ldi. Bu haqda "Kun" nashrida ma’lum qilinmoqda.

Alphabet Inc. xoldingi 12 mayda Amerika fond bozorlarining ochilishida Apple korporasiyasini kapitalizasiya bo‘yicha quvib o‘tdi. Savdoning ochilishida ikkala kompaniyaning kotirovkasi kamaygan, biroq iPhone ishlab chiqaruvchisining bozor narxi shiddatliroq pasayib ketdi: 12 may 18:45 holatiga ko‘ra, Google qog‘ozlarining bahosi 0,6 foizga, Apple'niki esa 2,5 foizga tushib ketgan. Bu paytda Google kapitalizasiyasi 495,9 milliard dollarni, Apple kapitalizasiyasi esa 492,6 milliardni tashkil qildi.

Savdo ochilishida Apple aksiyalari donasi 3,1 foizdan 89,5 foizga tushib ketdi, bu oxirgi ikki yildagi minimal ko‘rsatkich, deyiladi manbada. Dunyodagi eng yirik iPhone yig‘uvchisi bo‘lgan Tayvandagi Foxconn Technology kompaniyasining daromad va foydasi tushishi investorlar umidsizligiga sabab bo‘lmoqda.

Foxconn'ning 2016 yil birinchi choragidagi sof daromadi 847 million dollargacha tushib, 9,2 foizga qisqardi. Bu investorlarning dunyo miqyosida iPhone sotuvi pasayib ketishi bilan bog‘liq xavotiriga sabab bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 126
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 215
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 97
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 56
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 502
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar