“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 18:03
ЎЗO‘Z

Toshkentda marketing va reklama haftaligi boshlandi

19 apr, 22:49 7 801 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda marketing va reklama haftaligi boshlandi 19-27 aprel kunlari Toshkent shahrida ADWEEK.UZ – marketing va reklama haftaligi o‘tkaziladi. Reklama, marketing, dizayn, media, texnologiyalar va ko‘ngil ochish xizmatlari sohalari mutaxassislari birinchi marta yagona maydonga yig‘ilishadi va reklama hamda marketing kommunikasiyalari sanoatidagi innovasiyaviy echimlarning ko‘p turli ekanligini namoyish etishadi.

Marketing va reklama haftaligi bir nechta yirik tadbirlarni qamrab oladi:

25-26 aprelda ADFORUM 2016 forum-ko‘rgazmasi tashkil etiladi, unda mamlakatning etakchi kompaniyalari mahsulotlari va xizmatlari namoyish etiladi. ADFORUM 2016 tadbirida 30dan ziyod kompaniyalar qatnashishi kutilmoqda. Ishtirokchilar ishlab chiqarish reklama agentliklari, dizayn-, web-, production-studiyalar, poligrafiya korxonalari, media va marketing agentliklari va boshqalardan iborat bo‘ladi.

ADFORUM 2016 konferensiya qismida seminarlar va mahorat saboqlari o‘tkaziladi. Forum-ko‘rgazma qatnashchilari o‘z yutuqlarini namoyish etish, sheriklar portfoliolari bilan tanishish, buyurtmachilar topish va yangi tanishuvlarni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega bo‘ladilar.

27 aprelda ADFEST 2016 – birinchi Toshkent marketing va reklama festivali o‘tkaziladi, unda mamlakat art-studiyalari bellashadilar. adweek.uz sayti orqali onlayn-ovoz berish yo‘li bilan yilning eng yaxshi reklama echimlari aniqlanadi. Festival natijalari 27 apreldagi taqdimot marosimida e’lon qilinadi. Mazkur tadbir bilan Marketing va reklama haftaligiga yakun yasaladi.

Reklama festivali bilan bir vaqtda ADBRAND 2016 – brendlar o‘rtasida tanlov bo‘lib o‘tadi. Birinchilik uchun kurashda O‘zbekiston hududida mahsulot chiqarayotgan yoki xizmat ko‘rsatayotgan har qanday korxona qatnashishi mumkin.

Bir nechta nominasiyalar bo‘yicha onlayn-ovoz berish Haftalik saytida tashkil etiladi. Tanlov natijalari taqdimot marosimida ma’lum qilinadi.

Shuningdek, haftalik doirasida bir qancha sheriklik tadbirlari o‘tkaziladi:

20 aprelda Ledokol Group kompaniyasi UseNet//2016 professional internet-konferensiyasini tashkil etadi. Uch yillik tanaffusdan so‘ng, UseNet//2016 yana tarmoq ekspertlarini bir joyga jamlaydi, unda O‘zbekistonda internet-reklama rivojlanishi yo‘llarini muhokama etiladi. Bundan tashqari, 22 aprelda Rossiyaning etakchi mutaxassislari Sergey Spivakov va Damir Xalilovning internet-marketing bo‘yicha seminarlari o‘tkaziladi.

27 aprelda Be the CHANGE Group Igor Manning ikkita seminarini uyushtiradi. Rossiyalik mashhur marketolog bozorda qanday qilib etakchi mavqega erishish va byudjetsiz sifatli reklama kampaniyasini qanday uyushtirish haqida so‘zlaydi.

Haftalik tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi,“Siymo” reklama agentligi va ICTNEWS Conferences.

Tadbirni tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi, “Kamolot” ijtimoiy harakati, Toshkent shahar hokimiyati, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi yaqindan ko‘mak berdi.

Tadbir hamkorlari: Mice Group, Ledokol Group, Be the CHANGE Group,“OSIYO Reklama Agentligi” reklama agentligi, NESTLE va BLISS.

Axborot hamkorlari: PR.uz, Gazeta.uz, Potrebiteli.uz, Daryo.uz, Mover.uz, UzReport.uz, ICTNEWS va «Ekonomicheskoe obozrenie», va radio ORIAT Dono. Bosh axborot hamkor – UZREPORT TV.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 130
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 233
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 97
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 57
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 509
  • So'nggi yangiliklar
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 73
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 86
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 70
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 178
  • Bo‘limlar