“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 07:48
ЎЗO‘Z

Ravshan Ermatov O‘zbekiston U-18 va olimpiya terma jamoalarining keyingi yil rejalari bilan tanishdi

09 dek, 00:00 2 031 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ravshan Ermatov O‘zbekiston U-18 va olimpiya terma jamoalarining keyingi yil rejalari bilan tanishdi O‘FA matbuot xizmatining xabariga qaraganda, birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining bosh murabbiyi Timur Kapadze bilan birgalikda keyingi yilgi tayyorgarlik rejalarni ko‘rib chiqdi.

Xabaringiz bor, olimpiya terma jamoamizni 2022 yilda ikkita yirik musobaqa – mamlakatimiz maydonlarida bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionati va Xanchoudagi Osiyo o‘yinlari kutib turibdi.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti mazkur nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik rejalari bilan tanishish maqsadida murabbiylar shtabi bilan suhbatlashdi. O‘FA tomonidan futbolchilarimizning oldinda turgan turnirlarga sifatli va tizimli tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi ma’lum qilindi.

Shundan keyin Ermatov O‘zbekiston U-18 terma jamoasining mashg‘ulotlariga tashrif buyurdi. Tajribali mutaxassis Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi ushbu jamoani ham bir qancha muhim turnirlar kutib turibdi. Xususan, vakillarimiz keyingi yili Osiyo chempionatining saralash bahslarida ishtirok etish bilan bir qatorda, 2023 yilda bo‘lib o‘tadigan U-20 jahon chempionati yo‘llanmasi uchun ham kurash olib borishadi.

Ravshan Ermatov futbolchilar bilan suhbatda mazkur turnirlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerakligini, buning uchun har kuni o‘z ustida ishlash zarurligini ta’kidlab, terma jamoa a’zosi bo‘lish har bir futbolchi uchun sharaf va azaliy orzusi ekanligiga e’tibor qaratdi. Bu borada hozirdanoq professionalizm, intilish va mehnatsevarlikni o‘zida mujassam qilib borish zarurligi aytildi.

Ushbu jamoani keyingi yilga tig‘iz tayyorgarlik taqvimi kutib turgani sababli musobaqalarga tibbiy, jismoniy, ruhiy, texnik va taktik tomondan tayyorgarlik olib borish bo‘yicha murabbiylarga topshiriqlar berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 1
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 65
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 64
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 161
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 1
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 2
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 1
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 36
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 21
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 171
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 73
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 197
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Bo‘limlar