“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:10
ЎЗO‘Z

Qudratillo Abduqahhorov: "Amerikada kattaroq nomlar bilan jang qilishni hohlayman"

08 dek, 23:00 2 482 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qudratillo Abduqahhorov: "Amerikada kattaroq nomlar bilan jang qilishni hohlayman" Mana 3 yildirki professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov IBF chempionlik kamari uchun da’vogarlik o‘rnida bormoqda. Garchi, majburiy da’vogar hisoblansa-da, u hamon chempionlik kamari egasi Errol Spens bilan jang qilganicha yo‘q. 147 funtda "The Ring" reytingida 7- o‘rinda borayotgan Abduqahhorov o‘zi uchun uzoq kutilgan jangni olish niyatida bo‘lsa-da, Errol Spensning ikki marta jarohat olganligi, "Covid-19" bilan bog‘liq muammolar buni uzoqqa cho‘zilishiga sababchi bo‘layotganini ham tushunadi.

Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jangi 11 dekabr kuni Kaliforniya shtatida joylashgan "Dignity Health Sports Park" arenasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur kechada unga mag‘lubiyatsiz odimlayotgan kanadalik bokschi Kodi Kroule raqiblik qiladi.

"Bu biroz yomon holat lekin men o‘z jamoamdan meni aktiv faoliyatda bo‘lishimga sharoit yaratib berganlari uchun mamnunman. Oxirgi yillarda buni amalga oshirish qiyin bo‘lmoqda, lekin men diviziondagi eng yaxshilar bilan jang qilishni xohlayman. Hozirda Kroulega butun e’tiborimni qaratishim kerak. Chunki uni mag‘lub qilmasam, Spens bilan jang qila olmayman. Men shu jangga diqqat qilganman", - dedi Abduqahhorov.

28 yoshli Abduqahhorov 17 oylik tanaffusdan so‘ng, joriy yilning mart oyida Xaviyer Flores ustidan g‘alaba qozongan edi.

"Bunchalik uzoq vaqt jang qilmasdan yurish qiyin. Men hammasini yaxshi tomondan ko‘ra oldim va jangda g‘alaba qozondim. Amerikada yana jang o‘tkazish ajoyib, bu safar bizga yordam beruvchi muxlislar ham bo‘ladi", - deb qo‘shimcha qiladi u.

"The Punisher" shimoliy Kaliforniyada murabbiy Menni Robles va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha Matias Erbin qo‘l ostida 5 haftalik mashg‘ulot jarayonini o‘tkazdi.

"Menni bilan birga yaxshi mashg‘ulot bo‘ldi. O‘zim uchun yangi narsalarni o‘rgandim. Matias esa meni yuqori jismoniy holatimni saqlashda yordam berdi va men Kaliforniyadagi muxlislar uchun o‘zimni tomoshabob jangchi ekanimni ko‘rsatishni xohlayman", - deydi u.

Qudratillo Abduqahhorov mazkur bahs katta janglar oldidan so‘ngisi bo‘lishiga umid qilmoqda.

"Men janglar ortidan quvmayman, bu borada barchasini (menejer) Vikram va (promouter) Sampsonga qo‘yib beraman. Ular men uchun eng yaxshi yo‘lni biladi va ularni ko‘rsatmasiga amal qilaman, lekin kelasi yili Amerikada kattaroq nomlar bilan jang qilishni xohlayman."

Menejir Vikram Sivapragasam Abduqahhorovni mashhurlar jam bo‘lgan yulduzli diviziyadagi o‘zgarishlardan so‘ng, nomdorlar qatorida bo‘lishiga umid qilmoqda.

"Bu yili ushbu vaznda ko‘plab o‘zgarishlar bo‘ldi. Biz yil davomida Menni Pakyao va Shon Porter kabi jangchilar o‘z faoliyatini yakunlaganiga guvohi bo‘ldik. Shuningdek, Verjil Ortis va Jeron Ennis kabi yosh jangchilar yetishib chiqmoqda. Ishonamanki, Qudratillo ham mazkur diviziyaning bir bo‘lagi sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi", - deydi menejer.

Uning promoteri Sampson Levkovich esa katta janglar ostonasida ekanliklariga ishonmoqda.

"Ishontirib aytamanki, mazkur jangdan so‘ng biz uchun ulkan imkoniyat vaqti bo‘ladi. Biz katta, mashhur nom yoki chempionlik jangini kutmoqdamiz", - deydi Levkovich.

Qudratillo Abduqahhorovga raqiblik qiluvchi Kroule professional faoliyatini 2014 yilda boshlagan. 28 yoshli Kroule oxirgi janglarida Styuart MakLellan, Mian Hussain, Josh Torres kabi bokschilarni mag‘lub etgan. Hozirda statistikasi (19-0, 9KO).

Ingliz tilidan Jalol Ahmedov tarjimasi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 297
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 196
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar