“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:03
ЎЗO‘Z

Piter Xyuistra: "Penaltilar seriyasiga tayyorlagan rejamiz bor edi"

24 noya, 23:37 1 725 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Piter Xyuistra: "Penaltilar seriyasiga tayyorlagan rejamiz bor edi" O‘zbekiston Coca-Cola kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Bugun kubokka xos bo‘lgan haqiqiy shiddatli o‘yin bo‘ldi deb aytish mumkin. O‘yinni yaxshi boshladik, dastlabki daqiqalarda golli vaziyatlarni yaratdik. Biroq qizil kartochkadan so‘ng birgina xatoga yo‘l qo‘ydik. Shu xatodan "Bunyodkor" foydalanib ketdi. O‘yinning aksariyat qismini jamoamiz nazorat qildi, ular ustunroqdek ko‘rinishdi. Hisobni tenglashtirgan holda o‘yinga qaytdik. Futbolchilarimiz yaxshi o‘ynashdi. Penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib omadga erishdik. Jamoamiz a’zolarini harakatlaridan qoniqish hosil qildim.

- Sherzod Temirov maydonning hamma qismiga ulgurayotgandi. Uning o‘rniga Boyan Matichning tushirilishi sababi nimada?
- To‘g‘ri, o‘yinni juda yaxshi boshladik. Hujumdagi futbolchilarga e’tirozim yo‘q. Lekin kartochkadan so‘ng biz o‘zgarishlarni amalga oshirishimiz zarur edi. Boyan Matich yaxshi harakat qildi, jamoaviy o‘yinlarda ishtirok etdi. Shuningdek, penaltilar seriyasida ham zarbani sovuqqonlik bilan yo‘llab gol urdi. Bu - juda muhim jihat. Barcha futbolchilar qiyin pallada xotirjam harakat qilganliklari meni g‘ururlantirdi.

- Jamoani mavsum so‘ngida qiyin taqvim kutib turgandi. Chempionatning so‘ngi turida yana "Bunyodkor"ga qarshi o‘ynaysizlar. Jamoa oldindagi o‘yinlarga ruhan va jismonan tayyormi? "Nasaf"ga qarshi final uchrashuvidan nimalarni kutayapsiz?

- Futbolchilarimiz jismoniy jihatdan yaxshi holatda. "Lokomotiv" bilan sifatli o‘yin o‘tkazdik. 3 kundan so‘ng bizga Dragan Cheran va Sherzod A’zamovlar yordam bera olishmaydi. Ular borasida qarorni kutamiz. Kuchli jamoalarga qarshi o‘ynash bizga yoqadi. Biz oldindagi o‘yinlarga tayyormiz deb ayta olaman.

- O‘yindagi hakamlik borasida fikringiz qanday?
- Bu hakamning o‘yinlarni boshqarishi menga yoqadi. Yaxshi hakam, bugungi qarorlarni VAR tizimi orqali chiqardi. Hakamlik haqida doim tortishish mumkin. Lekin bugungi o‘yin hakami takroriy vaziyatlarni ko‘rib keyin xulosa chiqardi, bizda bu borada e’tiroz yo‘q.

- Penaltilar seriyasida yosh futbolchilar ham ishtirok etishdi. Bu oldindan tayyorlangan reja edimi?
- O‘zi penaltilar seriyasiga tayyorlagan rejamiz bor edi. Biroq o‘yinning oxiriga kelib tanlangan futbolchilar o‘zgarib ketishdi. Zaxiralar bo‘ldi, 2 ta qizil kartochkalar oldik. Yakuniy qarorni o‘zim mashg‘ulotlardan keyin qolib jarima zarbalari ustida ishlaydigan futbolchilar evaziga shakllantirdim.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" 28 apr, 22:53 0
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 216
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 163
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 118
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" 28 apr, 22:53 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 216
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 163
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • Bo‘limlar