“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:22
ЎЗO‘Z

Lukas Mandines: "O‘zbekistonda jang qilish muammo emas va men kamarni o‘z yurtimga olib ketaman"

19 noya, 17:13 10 998 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lukas Mandines: "O‘zbekistonda jang qilish muammo emas va men kamarni o‘z yurtimga olib ketaman" Xabaringiz bor, 20 noyabr kuni "Zor TV arena"da U1 promousheni doirasidagi birinchi professional muaytay kechasi tashkil etiladi. Jang kechasining markaziy to‘qnashuvida hamyurtimiz Jahongir "Jojo" Muhammadiy slovakiyalik anchagina jiddiy raqib Lukas Mandines bilan WMC jahon chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi.

Shuningdek, bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar ham o‘rin olgan. Biz ushbu jang avvalidan slovakiyalik muaytay ustasi bilan uchrashib, u bilan qisqacha suxbatda bo‘ldik.

- O‘zbekistonga xush kelibsiz!
- Rahmat.

- Yurtimizga ilk marotaba tashrif buyurishingizmi?
- Ha, birinchi bor Toshkentda bo‘lishim. Yurtingiz juda chiroyli va insonlari mexmondo‘st ekan. Shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi chiroyli shaharlaringiz borligini ham eshitdim. O‘ylaymanki, bu so‘ngi tashrifim bo‘lmaydi.

- O‘zbekistonda mezbon jangchiga qarshi ringga ko‘tarilish, sizga ortiqcha bosim yuklamaydimi?
- Yo‘q. Men doimo, o‘z yurtimdan tashqarida janglarda ishtirok etganman va bu muammo tug‘diradi, deb o‘ylamayman.

- Umuman olganda erishgan natijalaringiz biz uchun qiziq?
- Slovakiya chempioniman. Ya’ni, 63.5 kg vazn toifasida vatanimda birinchi raqamli muaytaychiman. Yevropa chempioni va xalqaro turnirlarda g‘alaba qozonganman.

- WMC jahon chempionligi uchun jang qilayotgan birinchi slovakiyalik muaytaychimisiz yoki...?
- Yo‘q. Avval hamyurtim Vladimir Moravchik bu chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. O‘ylaymanki, men ham ushbu natijani takrorlayman.

- Raqibingiz Jahongir Muhammadiy haqida qanday fikrdasiz?
- Chempionlik kamari uchun jang qilish darajasiga yetgan ekan, oddiy raqib emas!

- Uning janglarini tomosha qilib, qaysidir ma’noda o‘rgangan bo‘lsangiz kerak?
- Albatta, tomosha qildim. Lekin men barchasini ringda o‘ylayman va qaror chiqaraman. Kuchli jangchilar bilan raqobatga kirishish, menga motivatsiya beradi.

- Demak, jangga ruhiy jihatdan tayyorsiz?
- Albatta. Jangga tayyorman va g‘alaba qozonib, kamarni o‘z yurtimga olib ketaman!

- Bizga vaqt ajratganingizdan minnatdormiz va chiroyli jang ko‘rsatishingizga tilakdoshmiz.
- Rahmat. E’tibor uchun xursandman!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 103
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 48
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 174
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 130
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 136
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar