“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 11:38
ЎЗO‘Z

“Roma”da katta tozalash boshlandi. Mourino Shomurodovni tanladi!

25 okt, 21:36 4 017 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Roma”da katta tozalash boshlandi. Mourino Shomurodovni tanladi! Konferensiyalar ligasida Norvegiyaning “Budyo-Gltmt” jamoasidan uchralgan qaqshatqich mag‘lubiyat “Roma” reputatsiyasiga jiddiy zarba bo‘ldi. Bu birinchi navbatda, jamoalarning darajasidagi farq kattaligi bilan izohlanadi.

Qizig‘i, Joze Mourino bu mag‘lubiyatdan ham o‘z maqsadlari va manfaati yo‘lida foydalanyapti. Portugaliyalik mutaxassis bungacha ham tarkib “jangovar” vazifalarni bajarishga qodir emasligi, ko‘proq saviyasi yuqori ijrochilarni olish lozimligi, qudratli klub katta xarajatlar evaziga qurilishi haqida bong kurib kelayotgan edi.

Norvegiyadagi mag‘lubiyatdan keyin Joze bir guruh shogirdlariga ular V Seriyaga ham yaramasligini ochiq aytdi. Qizig‘i, u bu fikriga klub xo‘jayinlarini ham ishontirdi. Xullas, klub rahbariyati topshirig‘iga ko‘ra, sport direktori Tyago Pinto yanvar oyidan tarkibni tozalashni boshlaydi.

Joze Mourino qishda ketadiganlar ro‘yxatini oshkor qildi. Bosh murabbiy bundan buyon Gonsalo Vilyar, Marash Kumbulla, Amadu Diavara, Brayan Reynrolds va Borxa Mayoralga imkon bermaydi.

Portugaliyalik murabbiy bu besh nafar futbolchini “Budyo-Glimt”ga qarshi boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirib, ularga o‘zini ko‘rsatish uchun katta imkoniyat berdi. Biroq, ular oddiy jamoaga qarshi o‘yinda ham jamoaga foyda keltira olmadi. Mourino tarkibda V Seriyaga ham tortmaydigan o‘yinchilar borligini ta’kidlaganida aynan mana shu futbolchilarni nazarda tutgani aytilmoqda.

E’tiborli jihati shundaki, ketadiganlar ro‘yxatiga tushgan o‘yinchilar orasida Borxa Mayoraldan tashqari barchasi o‘z mamlakati terma jamoasi a’zosi yoki nomzod futbolchi hisoblanadi. Marash Kumbulla Albaniya, Amadu Diavara Gvineya terma jamoasidan muntazam chaqiruv olyapti. Reynolds AQSH va Vilyar Ispaniya terma jamoalari safida debyutini nishonlab ulgurgan.

Mutaxassislar mazkur futbolchilar orasida Borxa Mayoralning vaziyati qolganlarnikidan keskin farq qilishiga e’tibor qaratmoqda. “Real”dan ijaraga olingan hujumchi Joze Mourino kelgunga qadar asosiy tarkib hujumchisi edi. O‘tgan mavsumda yosh to‘purar A Seriyada muntazam qatnashib, 31 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini o‘n marta ishg‘ol qildi.

Borxa Mayoral to‘purarlik borasida rimliklarning asosiy hujumchisi va yulduzi Edin Jekoni ham ortda qoldirdi. Jeko o‘tgan chempionatda “Roma”ni boshqargan portugaliyalik murabbiy Paulu Fonseka bilan janjallashib qoldi. Uni sardorlikdan mahrum etishdi. Arazlagan hujumchi jamoani Joze Mourino qabul qilib olganiga ham qaramay, yozda chempion “Inter”ga o‘tib ketdi.

Bosniyalik yulduzdan keyin Borxa asosiy hujumchi bo‘lishi aytilgandi. Lekin Mourinoning qarori boshqacha bo‘ldi. Avvaliga “Jenoa”dan Eldor Shomurodov olindi va unga imkon berildi. O‘zbek hujumchisi oldiga qo‘yilgan vazifani to‘la uddalayotganiga qaramay, “Chelsi”dan Temmi Abraxam taklif qilinganidan keyin Mourino Eldorni ham chetga surib qo‘ydi.

Adolat yuzasidan aytish kerakki, Mourino ikkinchi hujumchi sifatida “Real”da tarbiya topgan Borxa Mayoralni emas, balki o‘zimizning “Mash’al” akademiyasidan chiqib, “Bunyodkor”, “Rostov” va “Jenoa”da o‘zini ko‘rsata olgan Shomurodovni tanladi.

Ispaniyalik hujumchi o‘tgan mavsumda legionerimizdan samaraliroq natijalarni qayd etgan edi. Nima ham derdik, buni Joze Mourino tan olmadi va tanlovi boshqacha bo‘ldi. U doimo kutilmagan qarorlari bilan hammani hayratga solib kelishi odatiy hol. Bejizga unga “Benazir” deb laqab qo‘yishmagan.

Xullas, Mourino “Roma” rahbariyatiga jamoaning hozirgi kuch-qudrati ular talab qilayotgan chempionlik, Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi, Italiya kubogi va Konferensiyalar ligasi bosh sovrini uchun yetarli emasligini isbotlay oldi.

Buyog‘iga Rim klubi oldindagi transfer oynalarida foydasi tegmayotgan futbolchilardan qutilib, Mourinodek injiq va talabchan murabbiy formatiga to‘g‘ri keladigan yangi ijrochilarni xarid qiladi.

Shomurodov, shubhasiz, Mourinoga kerakli o‘yinchi. Biroq, boshlang‘ich tarkibga kirishi uchun qamchini qattiqroq bosishiga to‘g‘ri keladi. Bo‘lmasa, so‘nggi daqiqalarda imkon oladigan zaxira futbolchisi maqomidan ko‘tarila olmay qolishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 173
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 79
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 0
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 0
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Bo‘limlar