“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 14:20
ЎЗO‘Z

Faqat Eldor mardlik qildi. “Budyo-Glimt” futbolchilari nega Shomurodovdan hayratga tushdi?

23 okt, 11:16 3 867 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Faqat Eldor mardlik qildi. “Budyo-Glimt” futbolchilari nega Shomurodovdan hayratga tushdi? UYEFA Konferensiyalar ligasi guruh bosqichida “Roma”ni 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Norvegiyaning “Budyo-Glimt” jamoasining rossiyalik darvozaboni Nikita Xaykin uchrashuvdan olgan taassurotlari haqida gapirar ekan, Eldor Shomurodovning o‘zini tutishi ularni hayratga solganini alohida ta’kidladi.

Aytish joizki, bu uchrashuv norvegiyaliklar uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘tgan yili ilk marotaba Norvegiya chempionligini qo‘lga kiritgani uchun UYEFA tasnifidagi musobaqada birinchi bor qatnashayotgan ushbu jamoa o‘zgacha ishtiyoq bilan to‘p surmoqda.

O‘yin oldidan hamma “Roma”ning g‘alabasini kutgan edi. Rimlik futbolchilarning o‘zi ham, bosh murabbiy Joze Mourino ham o‘z kuchiga ishongani tabiiy. Yo‘qsa, portugaliyalik mutaxassis o‘yinda zaxira futbolchilarini ilk daqiqalardan o‘ynatmas edi va uchrashuvga jiddiyroq e’tibor qaratardi.

Futboldan ko‘ra qishki sport turlari ancha ommalash mamlakat vakilini qudratli “Roma”ni parchalab tashlashi bir qarashda aqlga sig‘maydigan holat. Joze Mourino uzoq yillardan beri murabbiylik qilayotgan bo‘lsa, u boshqargan birorta jamoa shu kungacha oltita to‘p o‘tkazmagandi. Bu mag‘lubiyat Mourino va “Roma” reputatsiyasiga jiddiy zarba bo‘ldi.

Jamoani qo‘llash uchun Norvegiyagacha kelgan sadoqatli muxlislar bilan ham munosabat buzildi. Ular bu muvaffaqiyatsizlikni hazm qila olmadi va futbolchilarning uzrini qabul qilmadi.

Shu bois, “Roma” futbolchilari qaqshatqich mag‘lubiyatni juda og‘ir qabul qildi. Kayfiyat yo‘q, hammasi g‘azabda, alamzada. Mezbonlar esa, atigi 45 ming aholisi bor Budyo shaharchasiga kelgan birinchi mashhur klub vakillaridan esdalik olish ilinjida. Biroq, mehmonlar shu kuni g‘olib tomon bilan futbolka almashtirmadi.

Faqatgina Eldor Shomurodov mag‘lubiyatni tan olish ham mardlik ekanini namoyish qildi.

- Eldor Shomurodovga alohida rahmat aytamiz. O‘yindan keyin o‘zini juda munosib va hurmatga loyiq tutdi. Yigitlarimiz “Roma”ning ko‘p futbolchilari bilan futbolka almashtirishni istagan edi. Lekin bunaqa natijadan keyin ularni bunga ko‘ndirishning imkoni bo‘lmadi. Men Eldorning oldiga kelib, u bilan gaplashdim va u futbolchilarimizga bir nechta futbolka olib chiqib berdi, - deydi Nikita Xaykin.

Darhaqiqat, Shomurodov bilan ishlagan murabbiylar, futbolchilar, mutaxassis, hamyurtimiz bilan muloqotda bo‘lgan jurnalistlar uning professional jihatlaridan tashqari, insoniylik fazilatlari, odob-axloqi, xulqi, o‘zini tutishi, mehnatkashligi, kamtarinligini ham alohida e’tirof etishadi.

Raqib darvozabonining gaplaridan Shomurodov Norvegiyadagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng ham o‘zining eng yaxshi taraflarini ko‘rsata olgani ahamiyatlidir. Bu xalqimizga xos tarbiya mahsulidir.

Norvegiyaliklar bu uchrashuvni uzoq vaqt eslab yuradi. Biroq, futbol o‘z yo‘liga. “Budyo-Glimt” futbolchilari esa o‘zbek yigitining murakkab vaziyatda bo‘lishiga qaramay, o‘zlariga qilgan do‘stona munosabatini hech qachon unutmaydi. Eldor o‘z xatti-harakatlari orqali o‘zbek xalqining bag‘rikenligini namoyish qildi va norvegiyaliklarning e’tibori, e’tirofi va ehtiromini qozondi.

Omadingni bersin, Shoma!




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 25
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 6
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 24
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 75
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 24
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 63
  • Bo‘limlar