“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:21
ЎЗO‘Z

Lazizbek Mullajonov: "Boks ishqibozlari tomonidan men va Jalolovni taqqoslash bo‘ladi. Bu menga kuch beryapti!"

21 okt, 20:45 1 714 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lazizbek Mullajonov: "Boks ishqibozlari tomonidan men va Jalolovni taqqoslash bo‘ladi. Bu menga kuch beryapti!" Xabaringiz bor, yana bir necha kundan so‘ng Serbiyada boks bo‘yicha jahon chempionati boshlanadi. Bu safar +92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolovning o‘rniga yosh, iqtidorli bokschimiz Lazizbek Mullajonovga imkon berilmoqda. SPORTS.uz sayti chempionat oldidan uning fikrlari bilan qiziqdi.

- Ushbu yirik musobaqada aynan og‘ir vazn toifasida o‘zbekistonlik sporticha e’tibor ko‘proq qaratiladi. Jalolovdan keyin qanday o‘rinbosar yetishib chiqqani ko‘pchilikka qiziq. Bu siz uchun qay darajada mas’uliyat yuklaydi? Musobaqa oldidan hayajon bormi?
- Xozir xohlaymizmi, yo‘qmi, albatta, ishqibozlar tomonidan men va Jalolovni taqqoslashadi. U butun dunyoga o‘z kuchini ko‘rsatib qo‘ydi va bu narsa menga ham kuch bermoqda. Shu bilan birgalikda, yelkamga katta bir mas’uliyat yuklayapti, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

- Amerika, Qozog‘iston va Buyuk Britaniyaning jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibida Richard Torres, Freyzer Klark, Kamshibek Konkabayev kabi Olimpiada o‘yinlari sovrindorlari o‘rin olmagan. Bu siz uchun yaxshi yangilik, desak bo‘ladimi? Yoki aynan ularga qarshi o‘zingizni sinab ko‘rishni istagan edingizmi?
- Qaysidir ma’noda yaxshi yangilik, deb ham bo‘lmaydi. Chunki yangi nom, yangi qirralar, biz ularni yaxshi tanimaymiz. Lekin men uchun katta imkoniyat, deb o‘ylayman va Xudo xohlasa, g‘alaba qozonamiz.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli Mullajonov yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni, bir qator xalqaro turnirlar g‘olibi va harbiylar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionati oltin medali sohibi hisoblanadi. Barcha bokschilarimizga omad yor bo‘lsin, deb qolamiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar