“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 18:44
ЎЗO‘Z

Kubalik Olimpiada chempioni Endi Krus bilan suhbat

17 okt, 14:25 1 737 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kubalik Olimpiada chempioni Endi Krus bilan suhbat Boks bo‘yicha O‘zbekiston va Kuba terma jamoalarining qo‘shma yig‘ini qizg‘in davom etmoqda. Mashg‘ulotlardan so‘ng Kuba terma jamoasining taniqli yulduzlaridan biri, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni, 2 karra jahon chempioni Endi Krus bilan kichik suhbat uyushtirildi.

– Jahon chempionatida qaysi vazn toifasida jang qilasiz?
– Bu dunyo birinchiligiga -63.5 kg vazn toifasida tayyorlanayapman.

– Ko‘pchilik sizni Olimpiadadan keyin vazn toifasini biroz ko‘tarib, -67 kgda tushsa kerak deb o‘ylagan edi. Vazn tashlashga qiynalmaysizmi?
– Bu men uchun juda qulay vazn toifasi. Negaki, tabiatan shunga yaqin vaznda yuraman. Shu bois hozir ham u qadar ko‘p vazn tashlamayman.

– Bu vazndagi asosiy raqobatchilaringiz haqida qanday ma’lumotga egasiz?
– Ochig‘i, u qadar emas. Vazn toifalari o‘zgargani uchun kimlardir ko‘proq vazn tashlab, yana kimlardir vaznini ko‘tarib bu toifada ishtirok etadi. Albatta, jahon chempionati bo‘lar ekan, unga kuchsiz bokschi kelmaydi. Faqat avvallari men bilan bir vaznda tushib yurgan yigitlar haqida yaxshiroq bilaman.

– Shunday bo‘lsa ham, kimlarning nomini aytib o‘tgan bo‘lardingiz?
– Boksda kutilmagan natijalar, yangi nomlar juda ko‘p uchrab turadi. Shu bois, keling, kimnidir aytib o‘tmayman. Ta’kidlaganimdek, barchaga birdek kuchli raqibim deb qarayman.

Mehmonlarning ma’lum qilishicha, Kuba jamoasi O‘zbekistonga 8 nafar bokschi bilan tashrif buyurgan. Yana 4 nafari Gavanadan to‘g‘ri Belgradga yo‘l olsa, jamoaning taniqli vakillaridan biri, 2 karra Olimpiada chempioni Arlen Lopes oilaviy sabablarga ko‘ra musobaqada ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Uning o‘rniga boshqa sportchini ro‘yxatdan o‘tkazish vaqti tugagani uchun, -80 kg vazn toifasida ushbu jamoadan hech kim ishtirok eta olmaydi.

Manba: olympic.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 0
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 110
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 340
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 178
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 126
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 259
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 365
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 553
  • Bo‘limlar