“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 20:22
ЎЗO‘Z

U-23 Osiyo chempionatiga saralash O‘zbekistonda o‘tishi mumkin

15 okt, 21:01 1 905 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
U-23 Osiyo chempionatiga saralash O‘zbekistonda o‘tishi mumkin Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev o‘zining telegram kanalida qiziq post qoldirdi. Gap shundaki, shu yilning 25-31 oktabr kunlari Quvaytda U-23 Osiyo chempionatiga saralash "D" guruhi o‘yinlari bo‘lib o‘tishi belgilab qo‘yilgan. Bu guruhda O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Quvayt jamoalari o‘rin olgan.

Alisher Nikimbayevning "Futbolium" telegram kanalida shunday post chiqdi: "Quvayt futbol assotsiatsiyasi 23 yoshgacha Osiyo chempionati "D" guruhi o‘yinlarini qabul qila olmaydi. Shu bois OFK zudlik bilan yangi mezbon qidirmoqda va o‘yinlarni o‘tkazish taklifi bo‘yicha O‘zbekiston va Saudiya Arabistoniga chiqqan".

Bizga ma’lum bo‘lishicha, Timur Kapadze boshchiligidagi bo‘lajak O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining 22 oktabr kuni saralash bahslarida qatnashish uchun Quvaytga yo‘l olishi kutilgandi. Biroq Quvayt mezbonlikdan bosh tortgan bo‘lsa, safar bekor qilinadi va shunda katta ehtimol bilan o‘yinlar bizda yoki Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi.

Lekin OFK hozircha Quvayt mezbonlikdan bosh tortgani haqida rasmiy xabar bergani yo‘q. Biroq tashkilot tomonidan saralash bahslariga mezbonlik qilish bo‘yicha O‘FAga murojaat kelib tushgan va hozir bu borada ishlar olib borilmoqda. Agar O‘FA rozilik bersa, saralash uchrashuvlari bizda o‘tishi mumkin yoki Saudiya Arabistoni qabul qilishga tayyorligini bildirsa, unda Timur Kapadze jamoasi Saudiyaga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi U-23 Osiyo chempionati 2022 yilning 1-19 iyun kunlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

"D" guruhi saralash o‘yinlari taqvimi:
25 oktabr. Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston
25 oktabr. Bangladesh - Quvayt
28 oktabr. O‘zbekiston - Bangladesh
28 oktabr. Quvayt - Saudiya Arabistoni
31 oktabr. Saudiya Arabistoni - Bangladesh
31 oktabr. Quvayt - O‘zbekiston




Mavzuga oid yangiliklar
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 0
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 1
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 91
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 65
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 27
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 133
  • So'nggi yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 4
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 3
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 20
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 124
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 134
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 44
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 218
  • Bo‘limlar