“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 02:15
ЎЗO‘Z

“Roma”ning "qanoti qayrildi"mi yoxud jamoa lagerida nima gap?

25 sen, 11:30 1 901 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Roma”ning "qanoti qayrildi"mi yoxud jamoa lagerida nima gap? O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov “Roma” sharafini himoya qilayotganini inobatga olib, o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga ushbu klubga oid xabar va yangiliklarni havola etamiz.

Darvoza "kaliti" ishonchli qo‘llarda
Joze Mourino taklifiga ko‘ra, “Roma”ga olib kelingan portugaliyalik darvozabon Ruy Patrisiu beshinchi turdan so‘ng eng ko‘p seyv amalga oshirgan ikki posbondan biriga aylandi. Mahoratli posbon A Seriyaning beshta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z darvozasiga yo‘llangan 19 ta zarbani qaytarishga erishgan. Bu ligadagi ikkinchi ko‘rsatkichdir.

Seyvlar borasila birinchi o‘rin “Spetsiya” posboni Yerun Zutga tegishli bo‘lib turibdi. Niderlandiyalik darvozabon beshta uchrashuvda jami 21 ta zarbani bartaraf etgan.

Ular Rimni tark etadi
“Roma” klubi mutasaddilari Joze Mourino asosiy tarkibga kiritmayotgan ikki futbolchiga yangi jamoa topib berishi kerak.

Atigi bitta uchrashuvda ko‘rinish bergan Eduardo Bove va polshalik legioner Nikola Zalevski yanvarda Rimni tark etishi kutilmoqda. Bu futbolchilarning har ikkisi ham hali 20 yoshga to‘lmagan. Shu bois, raqobatga dosh berolmayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, Bove va Zalevskiga Italiya chempionatining ikki ligasidan bir necha klublar oiz solmoqda. Qishki transferlar vaqtida taklif orasidan eng optimali tanlanib, yarim himoyachilar ijaraga jo‘natiladi.

Vina tiklanib ulgurmadi
“Roma”ning yangi futbolchilaridan Matias Vina shikastlangani tufayli o‘tgan uchrashuvni o‘tkazib yuborgandi. Urugvaylik himoyachi tizzasidan olgan jarohatidan tiklanib ulgurmadi. Shuningdek, Joze Mourino anchadan beri davolanayotgan Leonardo Spinatssola xizmatidan ham foydalana olmaydi.

“Latsio”ga qarshi o‘yinda Matias Vina o‘rnini 19 yoshli himoyachi Rikkardo Kalafori egallashi kutilmoqda.

N’Zonzi Qatarga ketadi
“Roma”ning tajribali yarim himoyachisi Stiven N’Zonzi faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirishi mumkin. Joze Mourino ishonch bildirmayotgan bu futbolchiga anchadan beri “Ar –Rayan” jiddiy qiziqish bildiryapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, fransiyalik yarim himoyachi Qatarga borib, bo‘lajak jamoasi rahbarlari bilan shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazadi.

N’Zonzi “Roma”g 2018 yili “Sevilya”dan o‘tgan. Shundan beri “Roma” safida 39 ta uchrashuvda bitta gol urib, ikkita golli pas oshirgan. Uning rimliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi. Bu o‘yinchi o‘tgan mavsumni ijara asosida “Renn”da yakunlagan edi.

“Roma”ning qanoti qayrildi

“Roma” yakshanba kuni Rim derbisida “Latsio”ga qarshi muhim uchrashuv kutmoqda. Bo‘lajak bahsda Joze Mourino jamoaning yetakchisi va sardori Lorenso Pellegrini xizmatidan foydalana olmaydi.

Mohir yarim himoyachi “Udineze”ga qarshi o‘yinda ikkita ogohlantirish olib, maydonni erta tark etdi. “Roma” asosiy futbolchisini safga qaytarish uchun qizil kartochka bekor qilishni so‘rab, mutasaddi organlarga murojaat qildi.

Biroq, ular hakamning qarorini o‘z kuchida qoldirdi va Pellegrini Rim derbisida qatnashish imkonidan mosuvo bo‘ldi. Mourinoga Lorensoning o‘rnini to‘ldirish oson bo‘lmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 53
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 264
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar