“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 23:33
ЎЗO‘Z

Norchayevning kumiri kim? Uning gollari otasini xursand qilmadimi?

23 sen, 23:25 2 802 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Norchayevning kumiri kim? Uning gollari otasini xursand qilmadimi? Qarshida Hindistonning "Mohun Bagan" jamoasini qabul qilgan "Nasaf" raqibini yirik hisobda (6:0) taslim qilganidan xabaringiz bor. Mazkur bahsning 1-taymida "ajdarlar" hujumchisi Husayn Norchayev xet-trikka erishdi. Shundan keyin 19 yoshli futbolchining otasi To‘raqul aka Xo‘jamov bilan bog‘lanib, bir qator savollarimizga javob oldik.

— Qarshida muxlislar bilan suhbatlashganimizda Husaynni temuriyzoda Boyqaroga qiyoslaganlar bo‘ldi. Oilangiz bilan Amir Temur tug‘ilgan qishloq — "Xo‘ja Ilg‘or"da yashar ekansiz. O‘g‘lingizga ismni kim tanlagan?
— Albatta, o‘zim. To‘g‘ri Husayn Boyqaro mashhur tarixiy shaxs. Lekin o‘g‘limning ismini u tufayli tanlamaganman. Bolalikdagi o‘rtoqlarimdan birining nomi shunday edi. Shu ismni eshitilishi yoqib qolgan. Menimcha, juda yaxshi ism, chuqur ma’nosi bor.

— Husayn Norchayevning futbolga kirib kelishi qanday bo‘lgan? Futbolchi bo‘laman, deb turib olganmi?
— O‘zi ham mahallada to‘p tepishni yaxshi ko‘rardi. Lekin "Nasaf" akademiyasiga 2011 yil (9 yoshida) bir tanishimizning maslahati bilan olib borganmiz. O‘shanda 2002 yillarga Dadajon Tog‘ayev murabbiylik qilardi. Husaynning harakatalarini ko‘rib, mening raqamimni olib qoldi. 6 oycha har hafta dam olish kunlarida o‘yinga chaqirib turdi. Shundan keyin ishona boshladimi yoki o‘rin bo‘shashini kutganmi, hujjatlarni olib kelishimizni so‘radi va akademiyaga qabul qildi.

— Husayn 9 yoshida yangi shaharga ko‘chib o‘tib, oilasidan uzoqlashgan ekan. Hech zerikib, futboldan ketish haqida o‘ylaganmi?
— Yo‘q. Shukrki, bunday gapni sira eshitganim yo‘q. Yoshligidanoq mas’uliyatni yaxshi his qilardi, barcha qiyinchiliklarga chidadi.

— Bolaligidan hujumchi bo‘lishni istarmidi? Kimga ko‘proq havas qilgan?
— "Nasaf" afsonasi Zafar Xolmurodovga o‘xshashni istardi. Menimcha, o‘zbek futboli bosh bilan o‘ynash borasida uning oldiga tusha oladigan forvardni ko‘rmagan. O‘z vaqtida men ham uning muxlisi edim. Hozir Zafarjon bilan yaxshi tanishmiz. Qarshiga borganda suhbatlashib turamiz.

— O‘g‘lingiz "ajdarlar" akademiyasiga o‘tganidan keyin bu jamoa muxlisiga aylanganmisiz?
— Yo‘q. Oldindan "Nasaf"ga ishqibozlik qilardik. Viloyatimizning bosh jamoasi bo‘lgani uchun mehrimiz bo‘lakcha. "Nasaf" har doim birinchi!

— Sizningcha, klub tarixidagi eng yaxshi futbolchi kim?
— Agar legionerlar haqida gap ketsa, shubhasiz, Artur Gevorkyan birinchi. Mahalliy o‘yinchilardan bundaylar ko‘p. Yuqorida aytganimdek, Zafar Xolmurodov, Ro‘ziqul Berdiyev, Botir Qorayev eng yaxshilardan hisoblanishadi. Ular bugun ham jamoa bilan birga va klub rivoji uchun hissa qo‘shishyapti.

— "Mohun Bagan" bilan o‘yinni stadiondan kuzatdingizmi?
— Albatta, bunday o‘yinlarni o‘tkazib yuborish mumkin emas. Kecha ham "Markaziy"da edik.

— Norchayev 13 daqiqada 3 ta gol urdi. O‘yin davomida stadionga yig‘ilgan tomoshabinlarning xursandchiligini ko‘rdik. Husaynni OFK kubogi to‘purarlar poygasida yetakchiga aylantirgan goldan keyin qanday tuyg‘ularni his qildingiz?
— Ochig‘i, xotirjam qabul qildim. Bu yigitlarning o‘ynaydigan payti keldi, endi ular yosh bola emas. O‘g‘limga nisbatan juda talabchanmiz. Gol urgani uchun ko‘kka ko‘tarish kerakmas, bu uning vazifasi. Markaziy hujumchi bo‘ldingmi, vaziyat bo‘lganda foydalanish kerak.

Boshqa tomondan o‘yinni butun O‘zbekiston tomosha qilayotganini bilasiz. Shunaqa paytlarda ko‘nglizda qandaydir his paydo bo‘ladi, faxr yoki g‘ururga o‘xshash. Har bir otaga shu tuyg‘uni his qilish nasib qilsin.

— Husayn bilan rejalari haqida gaplashib turasizmi? U kelajagini qayerda ko‘radi?
— Albatta, bu haqda suhbatlashganmiz. U tezroq Yevropaga, kuchli chempionatlarga ketishni, o‘zini ko‘rsatishni xohlaydi. Men doim shoshmaslikni maslahat beraman. Tan olish kerak, hali judayam xom. "Nasaf"da qolib ancha "pishishi kerak". Lekin yakuniy tanlov huquqi har doim uning o‘zida bo‘ladi.

Muallif: Faxriddin Ro'ziyev




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 234
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 143
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 63
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 215
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar