“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 04:51
ЎЗO‘Z

"Andijon" ustozi Van Deyk jamoasini yutgan yoxud Kumikovning faoliyatidagi uchta eng muhim o‘yin

24 sen, 08:00 2 094 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Andijon" ustozi Van Deyk jamoasini yutgan yoxud Kumikovning faoliyatidagi uchta eng muhim o‘yin Superligada faoliyat ko‘rsatayotgan rossiyalik murabbiylardan biri Viktor Kumikov katta tajribaga ega. Uning shu paytgacha bosib o‘tgan yo‘lidan alohida kitob yozsa bo‘ladi. Futbolda g‘alaba bilan mag‘lubiyat yonma-yon yurganidek, uning faoliyatida ham yorqin g‘alabalar va achchiq mag‘lubiyatlar bir-birining o‘rnini to‘ldirib kelmoqda.

Kumikovning murabbiylik hayoti asosan uchta mamlakat – Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan bog‘liq. 1995 yilda “Avtozapchast” jamoasiga ustozlik qilish orqali murabbiy sifatidagi faoliyatini boshlagan. Keyin “Spartak-Nalchik”da ishladi. Shundan so‘ng, Balyutovichning Qozog‘istondagi hayoti boshlandi. Dastlab “Yesil” klubida ikki yil ishladi. So‘ngra, “Yelimay” hamda “Qaysar”jamoalarini boshqardi. Orada yana Rossiyada ishladi. 2006 yili “Megafon-Kavkaz”ga bosh murabbiylik qilgach, shu yili Muborakning “Mash’al” jamoasi Kumikovga taklif bilan chiqdi. Natija shu yildan yurtimizdagi faoliyati boshlandi.

“Mash’al”da yaxshi ishlaganini eslaymiz. Klubni O‘zbekiston Kubogi finaliga olib chiqdi. Keyinchalik uni “Nasaf”ga chaqirishdi. Shu tariqa, 2008-2010 yillar davomida u Qarshi jamoasini boshqardi. Chunki Kumikovni O‘zbekistonga olib kelgan Bahrom Davlatov o‘shanda “Mash’al”dan “Nasaf”ga ko‘chib o‘tgandi, menejer sifatida. Shu boisdan o‘zi yaxshi bilgan mutaxassisni ham “Nasaf”ga olib o‘tdi. Jamoa bilan ikki marta bronzaga ega chiqdi.

Kumikovni Qozog‘istondagi faoliyati orqali yaxshi eslab qolishgani tufayli rossiyalik mutaxassisni yana qo‘shni yurtga chaqirishdi. Natijada 2011 yili Qarag‘andaning “Shaxtyor” jamoasini qabul qilib oldi. Shundan boshlab Viktor Balyutovichning faoliyatida chinakam muvaffaqiyatli yillar kuzatildi. Dastlabki ikki mavsumidayoq Kumikov “Shaxtyor”ni chempionlik sari yetaklab keldi. 2013 yili Qozog‘iston Kubogini yutdi. Shu yili Superkubokni ham o‘ziniki qildi va yana ikki marta finalda o‘ynadi. Uch yil davomida Kumikov Qozog‘istonning eng yaxshi murabbiyi nomiga sazovor bo‘ldi. 2013 yili “Shaxtyor” bilan Yevropa Chempionlar ligasi saralashida qatnashdi. O‘shanda Kumikov jamoasi bilan dastlabki saralashda Belarusning BATE klubini uyda ham, safarda ham 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Keyingi bosqichda Albaniyaning “Skenderbeu” jamoasi “Shaxtyor”ga ro‘baro keldi. O‘z maydonida 3:0 hisobida yenggan Kumikov jamoasi safarda 3:2 hisobida yutqazdi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, oxirgi bosqichga yetib keldi. Bu yerda ularni Shotlandiyaning “Seltik” jamoasi kutib turardi. Qarag‘andada o‘tgan ilk uchrashuvda Kumikov shogirdlari 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Ammo javob bahsida shotlandlar javobsiz uchta gol urib yakunda chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. O‘shanda “Seltik” tarkibida Virjil van Deyk, Yorgos Samaras kabi taniqli futbolchilar to‘p surishgan. Van Deyk “Seltik”dan keyin “Sautgempton”ga ko‘chib o‘tgan va u yerdan so‘ng “Liverpul” bilan shartnoma tuzgan.

“Shaxtyor” “Seltik”ka ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yutqazgach, Yevropa Ligasida ishtirok etdi. Guruhda Niderlandiyaning “AZ Alkmaar”, Gretsiyaning PAOK va Isroilning “Makkabi” jamoalari bilan kuch sinashgan. “Shaxtyor”dagi muvaffaqiyatli mavsumlardan keyin Kumikov 2014 yilning dekabr oyida “Ordabasi” bilan shartnoma tuzdi. Bu klubda ikki mavsum ishladi. 2015 yilda Kumikov Qozog‘iston milliy terma jamoasida bosh murabbiy Yuriy Krasnojanga ham yordam berdi. Ko‘rib turibsizki, rossiyalik mutaxassisning Qozog‘istondagi faoliyati juda yorqin va sarguzashtlarga boy o‘tdi. Uning yurtimizga ikkinchi qaytishi 2016 yilga to‘g‘ri keldi.

O‘shanda u AGMK bosh murabbiyi sifatida ish boshlagandi. 2018 yilga kelib uni yana qozoq chempionatiga chorladilar. Bu safar “Atirau”da faoliyat ko‘rsatdi. O‘tgan yili esa “Andijon” unga taklif bilan chiqqanini bilasiz. O‘ylaymizki, undan keyingi voqealar rivojidan xabardorsiz. Shunday qilib, “Andijon” ustozining bugunga qadar murabbiylik faoliyatida bosib o‘tgan yo‘lidan oz bo‘lsa-da ma’lumotlarga egasiz. U ko‘p o‘yinlarni o‘tkazdi. Shuning uchun Viktor Balyutovichdan faoliyatidagi uchta eng muhim o‘yin haqida so‘radik. Tabiiyki, murabbiy bu savolga biroz o‘ylandi va keyin javob qaytardi.

1. Yevropa Chempionlar ligasi oxirgi saralash bosqichi. “Shaxtyor” – “Seltik” – 2:0
- Muhim uchta o‘yin bilan bog‘liq savolingizga kelsak, bularni birma-bir sanab yoki ajratib berishim juda qiyin bo‘ladi. Chunki biz chempionatda, Kubok doirasida xalqaro miqyosida bir-biridan qiziqarli va muhim o‘yinlarni o‘tkazganmiz.

Dastlabkisi bu “Shaxtyor”ning xalqaro maydondagi o‘yini. O‘shanda biz ilk bor Yevropa Ligasi musobaqasida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritgandik. “Seltik”ka qarshi kechgan bellashuv esa bu chempionlar ligasi doirasida bo‘lgandi.

2. Qozog‘iston chempionati. “Shaxtyor” – “Astana” – 2:0
- Ikkinchi o‘yin bu Qozog‘iston chempionati g‘olibi masalasini hal etgan bellashuv bo‘lgan. O‘shanda biz 2011 yili birinchilikning oxirgi turida “Astana” klubi ustidan g‘alaba qozonib, yakunda chempionga aylanganmiz.

3. Qozog‘iston Kubogi finali. “Shaxtyor” – “Taraz” – 1:0
- Uchinchi uchrashuvga kelsak, bu Qozog‘iston Kubogi finali edi. 2013 yili qozoq futbolining 100 yilligi ham nishonlanib, stadion muxlislar bilan liq to‘lgan va xorijdan ham mehmonlar kelishgandi. Xalqaro e’tirofni his qilish – bu har qanday kishini to‘lqinlantirib yuboradigan holatdir. Boz ustiga men o‘shanda murabbiylik faoliyatimdagi dastlabki Kubokni yutgandim.

Ha, Viktor Balyutovichning faoliyatidagi eng esda qolgan uchta o‘yini asosan “Shaxtyor” jamoasi bilan bog‘liq bo‘lib chiqdi. Lekin uning “Andijon” bosh murabbiyi sifatida “Paxtakor”ning mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham bergan o‘yini ham uning faoliyatidagi muhim uchrashuvlardan biri bo‘lib tarixga kirdi. Undan shu haqda so‘raganimizda, murabbiyning javobi shunday bo‘ldi:

- “Paxtakor”ga qarshi o‘yin “Andijon” uchun o‘ta muhim edi. Bundan tashqari, muhimlik jihatidan “Andijon” yana uchta uchrashuvda qatnashishi lozim bo‘lib, “Paxtakor”ga qarshi to‘qnashuv mana shulardan biri sanalardi. Klubning g‘alaba qozongani meni ham xursand qildi. Ruhiy jihatdan ham bu bellashuv “Andijon”ga o‘ta muhim sanalardi. Jiddiy raqib ustidan qozonilgan yutuqdan keyin “Andijon” klubi futbolchilarining ruhiyatida yaxshi o‘sish kuzatilganiga shubha yo‘q, - dedi Kumikov.

Shuhratbek Jo‘rayev




Mavzuga oid yangiliklar
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 70
  • Bokschilarimiz Rossiyadagi turnirda 7 ta oltin va 9 ta kumush medallarni qo‘lga kiritishdi 18 мая, 19:19 196
  • O‘zbekiston kubogi. 1/8 final bosqichiga 29 may kuni qur’a tashlanadi 18 мая, 18:59 85
  • Fil Foden APLning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi 18 мая, 16:43 54
  • Madrimov—Krouford oqshomida Shahram G‘iyosov ham ringga ko‘tariladi 18 мая, 09:05 129
  • Xavi eng katta xatosini tan oldi 18 мая, 08:11 223
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 25
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 36
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 91
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 16
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 127
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 43
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 70
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 137
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 177
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 89
  • Bo‘limlar