“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 14:52
ЎЗO‘Z

Bugun “Roma” o‘ynaydi. Mourino alamli mag‘lubiyatdan keyin Shomurodovga imkon beradimi?

23 sen, 10:28 2 905 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bugun “Roma” o‘ynaydi. Mourino alamli mag‘lubiyatdan keyin Shomurodovga imkon beradimi? A Seriya beshinchi turining so‘nggi uchrashuvida “Roma” o‘z maydonida “Udineze” jamoasini qabul qiladi. Joze Mourino shogirdlari mavsumda Italiyaning boshqa jamoalariga qaraganda ko‘proq o‘yin o‘tkazdi. Rimliklar A Seriyadan tashqari UYEFA Konferensiyalar ligasida ham uchta uchrashuvni o‘z foydasiga hal qildi.

Boshqalardan ko‘proq kuch sarflagan “Roma” A Seriyaning to‘rtinchi bahsida kutilmaganda “Verona”ga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Qatorisiga qo‘lga kiritilgan oltita g‘alabadan keyin, bu mag‘lubiyat Mourinoga “tarsaki”dek ta’sir qildi. Raqib qudratli klub bo‘lsa ham mayli edi. Ikkinchi tomondan esa, har qanday jamoa qachondir to‘xtaydi. Biroq, bu Mourino kutganidan ertaroq yuz berdi.

“Roma”ning mag‘lubiyati vaziyatni murakkablashtirdi. Beshinchi turning dastlabki kungi uchrashuvlarida rimliklarning asosiy raqobatchilardan hisoblangan “Atalanta” o‘z maydonida “Sassuolo”ni 2:1, amaldagi chempioni “Inter” safarda “Fiorentina”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Joze Mourino shogirdlari bo‘lajak to‘qnashuvda “Udineze”ni tor-mor keltira olmasa, ochko jamg‘arishda asosiy raqobatchilar bilan oradagi farq oshib keta boshlaydi. Qolaversa, rimliklar avvalgi turdagi alamli mag‘lubiyat tasodif ekanini isbotlab, talabchan muxlislar oldida yuzlarini yorug‘ qilib olishlari kerak.

“Roma” o‘yinlarini tahlil qilayotgan mutaxassislar jamoaning eng kuchli tomoni sifatida hujum chizig‘ini e’tirof etmoqda. Eldor Shomurodov, Genrix Mxitaryan, Temmi Abraxam, Lorenso Pellegrini, Nikolo Dzanolo, Stefan El-Shaaravi faol harakatlari bilan jamoaning hujumkorligini tobora oshirib bormoqda. Lekin avvalgi uchrashuv Mourino himoyani isloh qilishi shartligini ko‘rsatdi. Demak, portugaliyalik mutaxassisning o‘zi ham xatto g‘alaba qozonilgan o‘yinlarda himoyachilarini tanqid qilgani bejiz emas ekan.

Rimliklarning bu galgi raqibi yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoalar safiga kirmaydi. Biroq, “Udineze” mavsumni ancha muvaffaqiyatli boshladi. Dastlabki turda “Yuventus” ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib olganiga qaramay, Luka Gotti shogirdlari hisobni tenglashtirib, turinliklardan ochko tortib olishni uddaladi. Keyin ketma-ket ikkita g‘alaba qozongan udineliklar o‘tgan turda “Roma” kabi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. To‘g‘risi, raqib ancha kuchli edi. “Napoli” mezbonlarni ayab o‘tirmadi va javobsiz to‘rtta gol urdi.

“Roma” va “Udineze”ning o‘zaro uchrashuvlarida katta ustunlik poytaxt jamoasi tomonida. Ular A Seriya va Italiya kubogida jami 100 marotaba kuch sinashgan va shulardan yarmidan ko‘pi, ya’ni 52 tasida “Roma” zafar quchgan. Duranglar soni esa udineliklarning g‘alabalaridan ko‘p. 25 marta kuchlar teng kelgan va “Udineze” 23 marta rimliklarni taslim qilgan xolos.

Bu gal ham “Olimpiko” mezbonlarining imkoniyati yuqori baholanmoqda. Ko‘pchilikni mag‘lubiyatdan keyin Joze Mourino qanday yo‘l tutishi, qanaqa o‘zgartirishlarga qo‘l urishi qiziqtirmoqda. Katta ehtimol bilan asosiy hujumchi sifatida Temmi Abraxam boshlang‘ich tarkibda maydonga tushadi. Portugaliyalik mutaxassis jamoaning eng qimmatbaho o‘yinchisini ketma-ket ikki bahsda zaxirada olib o‘tirishga botina olmasa kerak.

Bizni qiziqtirgan tomoni Eldor Shomurodovga Mourino qancha imkoniyat berishidir. Legionerimiz boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan bellashuv boy berildi. Eldor harchand harakat qilmasin, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan uchrashuvlarda namoyish etgan samaradorligini ko‘rsata olmadi. Bir qarashda, Mourino Shomurodovni zaxiradan maydonga tashlayotgani to‘g‘ri tanlovday ko‘rinmoqda.

Xullas, mavsum hali uzoq davom etadi. Shomurodov esa, gol ura boshlashi kerak. Chunki markaziy hujumchining asosiy vazifasi raqib darvozasiga yo‘l topish. Eldor ijrosidagi assistlar, uning xavfli hujum tashkil qilishi, himoyachilarga yordamlashishi qo‘shimcha fazilatlar xolos.

Biz kutayotgan “Roma” va “Udineze” o‘rtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 0
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 67
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 624
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 193
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 274
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 0
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 17
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 56
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 21
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 162
  • AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi 01 мая, 12:02 177
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 121
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 41
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 86
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 69
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 273
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 53
  • Bo‘limlar